Milliarder sionistlar Falastinga qarshi fitnani avj oldirmoqda
"Tinchlik uchun faktlar" – ashaddiy sionist milliarderlar boshchiligidagi sionistik harakat a’zolari tomonidan boshlangan yana bir yashirin tashabbus. U – sionistlar tomonidan Falastindagi genosidga qarshilikni bostirish uchun olib borilayotgan bir nechta yashirin operasiyalardan biri.
AQShning "Semafor" axborot agentligi bu kampaniya haqida o‘tgan yilning 9 noyabrida "Milliarderlar HAMASga qarshi 50 million dollarlik mediahujumni muhokama qilmoqda" sarlavhasi bilan birinchi bo‘lib xabar bergan edi.
Ushbu harakatga ko‘chmas mulk millarderi Barri Sternlixt "Al-Aqso to‘foni" operasiyasidan so‘ng boshchilik qilmoqda. Sternlixt biznes olamidagi bir nechta eng boy shaxslarga elektron maktub yuborib, ulardan 1 million dollarlik hissa so‘ragan.
U CNN egasi Devid Zaslav bilan kampaniya haqida "ajoyib suhbat" o‘tkazgani va Endeavour bosh direktori hamda iste’dodlar agenti Ari Emmanuel sa’y-harakatlarni "muvofiqlashtirishga rozi bo‘lganini" aytgan. Biroq Zaslav va Emmanuelning vakillari hozirda ikkalasi ham ishtirok etmayotganini ma’lum qilishdi.
Xat 50 dan ortiq taniqli shaxslarga, jumladan, mediamagnat Devid Geffen, investorlar Maykl Milken va Nelson Pelts, texnologiya gigantlari Eric Shmit va Maykl Dellga ham yuborilgan.
Bloomberg va Forbes ma’lumotlariga ko‘ra, xat yuborilganlarning umumiy boyligi taxminan 500 milliard dollarga baholanmoqda.
Sternlixt o‘z xatida guruhdan 50 million dollar yig‘ishni maqsad qilgani va yirik yahudiy xayriya tashkilotidan teng miqdordagi mablag‘ izlashni rejalashtirganini aytgan. Maqsad HAMASni "nafaqat Isroil, balki AQShning ham dushmani" deb ta’riflash uchun mediakampaniyani moliyalashtirish edi.
Noyabr oyi boshlariga kelib, bu harakat bir necha million dollar yig‘di, senator Chuck Schumer va gubernator Andrey Cuomoning sobiq yordamchisi Josh Blastoni maslahatchi sifatida yolladi hamda factsforpeace.org saytini jimgina ishga tushirdi.
O‘sha oyning oxirida Tergov jurnalistikasi byurosi "Falastinparast" harakatga qarshi bir necha million dollarlik kampaniya Facebook va Instagram’dagi viral reklamalarga 370 ming dollardan ortiq mablag‘ sarflagani, biroq moliyaviy manbalarini oshkor qilmagani haqida xabar berdi.