Metan gaz quyish shoxobchasida janjal ko‘targan shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortildi

Metan gaz quyish shoxobchasida janjal ko‘targan shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortildi

Joriy yilning 2 fevral kuni O‘zbekiston tumani Dahanaqaqir MFY hududida joylashgan avtomashinalarga suyultirilgan gaz quyish shoxobchasida fuqaro O.J. o‘zaro kelishmovchilik sababli fuqaro B.U. bilan tortishib qolgan va holatga O.J.ning yaqin qarindoshi O.T. ham aralashib, o‘rtada o‘zaro janjal kelib chiqqan.

Mazkur holat shu yerda jamoat tartibini saqlayotgan tuman IIB xodimlari tomonidan bartaraf etilib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.

09.02.2024 yil kungi sud tibbiy ekspertiza xulosasida ushbu fuqarolarning har birida yengil shikastlar toifasiga kiruvchi jarohatlar aniqlanganligi sababli, yuqoridagi shaxslarga nisbatan MJtKning 52-moddasiga asosan bayonnomalar rasmiylashtirilib, qonuniy qaror qabul ko‘rishlik uchun jinoyat ishlari bo‘yicha O‘zbekiston tuman sudiga yuborilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!