Mesut O‘zilning ma’shuqasi fohisha bo‘lganmi?

Mesut O‘zilning ma’shuqasi fohisha bo‘lganmi?

El Confidencial gazetasi "Real" prezidenti Florentino Peresning telefon suhbatlarining janjalli yozuvlarini nashr etishda davom etmoqda.

2012 yilda qirollik klubi rahbari kimdir bilan yarimhimoyachi Mesut O‘zilning shaxsiy hayotini muhokama qilgan.

"O‘zil 21 yoshida" Real"ga ko‘chib o‘tdi. U sevgilisi bilan ko‘chib o‘tdi, ammo tezda Madridni kashf etdi va hayot tarzini o‘zgartirdi. U qiz do‘stidan voz kechdi va Milandan bo‘lgan model bilan ishqiy munosabatda bo‘ldi. Mesut shaxsiy samolyotni olib uchib ketdi. Ammo u Mourinyo unga ushbu model "Inter" va "Milan"ning barcha o‘yinchilari bilan to‘shakda yotganini aytmaguncha u bilan aloqada edi. Menimcha, bu suhbatdan keyin O‘zil qizni tark etdi", - deydi Peres.

O‘zil 2010 yildan 2013 yilgacha Madridning "Real" jamoasida o‘ynagan, shundan so‘ng Londonning "Arsenal" klubiga yo‘l olgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!