Messiga APL klubi qiziqish bildirmoqda

Messiga APL klubi qiziqish bildirmoqda

Argentina terma jamoasi va "PSJ" hujumchisi Lionel Messi faoliyatini qayerda davom ettirishi haqida hali bir qarorga kelmagan.

Ole nashrining xabar berishicha, 35 yoshli argentinalik futbolchida keyingi mavsumda yevrokuboklarda ishtirok etadigan APL klubida o‘ynash imkoniyati bor. Jamoa nomi hozircha oshkor etilmagan.

Tajribali to‘purarning APLdan tashqari faoliyatini Saudiyaning "Al-Hilol" va Amerikaning "Inter Mayami" klublarida davom ettirish imkoniyatlari bor. Messining parijliklar bilan amaldagi shartnomasi muddati kelasi oy oxirigacha mo‘ljallangan.

Fransiya chempionatining joriy mavsumida hujumchi 39 ta o‘yin o‘tkazib, 20 ta gol va 20 ta golli uzatmani amalga oshirgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!