OpenAI sun’iy intellektni “telefonlar o‘rnini bosuvchi” qurilmaga aylantirmoqchi

OpenAI sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanishga mos keladigan gadjetlarni ishlab chiqishga ixtisoslashgan io startapini sotib olganini e’lon qildi. Bitim qiymati 6,4 mlrd dollarni tashkil etadi, deb yozadi Bloomberg.
Bu OpenAI tarixidagi eng yirik xariddir. 2024 yil oxirida kompaniya allaqachon io ning 23 foizini sotib olgan, qolgan ulush aksiyalar bilan to‘lanadi.
io 2019 yilda korporasiyadan ketganidan keyin Apple kompaniyasining sobiq bosh dizayneri Joni Ayv tomonidan yaratilgan. "Men so‘nggi 30 yil ichida o‘rganganlarimning barchasi meni shu joyga va shu nuqtaga olib kelganini his qilyapman," - dedi Ayv OpenAI bosh direktori Sem Altman bilan qo‘shma intervyusida.
Ayv "OpenAI va io‘da ijodiy va dizaynerlik vazifalarini" o‘z zimmasiga oladi. Startap jamoasi ChatGPT yaratuvchisi shtatiga kiradi. Shu bilan birga, Ayv mustaqillikni saqlab qoladi va dizaynning barcha yo‘nalishlari, jumladan, chat-bot bilan shug‘ullanadi.
Bitim yozda yakunlanishi kutilmoqda, kompaniyaning birinchi qo‘shma qurilmasi esa 2026 yilda taqdim etiladi. Ayv va Altmanning so‘zlariga ko‘ra, bu "yangi turdagi mahsulot" bo‘ladi.