Messi Maradonaga yetib oldi

Messi Maradonaga yetib oldi

Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu jarima zarbasini eng yaxshi tepgan futbolchilar reytingida ko‘tarilishdi.

Argentinalik futbolchi terma jamoasining so‘nggi o‘yinida Panamaga (2:0) to‘g‘ridan-to‘g‘ri jarima zarbasi orqali gol urdi. Ronaldu esa Lixtenshteyn bilan yevro-2024 saralash o‘yinida (4:0) standart vaziyatdan gol kiritdi.

"PSJ" hujumchisi endilikda Diyego Maradona va Ziko bilan birga jarima zarbalarini eng yaxshi tepgan futbolchilar ro‘yxatida oltinchi o‘rinni egallab turibdi. "An-Nasr" hujumchisi Ronald Kumanga yetib oldi 10-o‘rin.

Jarima zarbalaridan gol urgan eng yaxshi futbolchilar:

1. Juninyo Pernambukano - jarima zarbasidan 77 ta gol;

2. Pele - 70;

3. Viktor Legrotalye - 66;

4. Ronaldinyo - 66;

5. Devid Bekxem - 65;

6-8. Lionel Messi - 62;

6-8. Diyego Maradona - 62;

6-8. Ziko - 62;

9. Rojerio Seni - 61 (ba’zi manbalarda darvozabon jarima zarbasidan 59 ta gol urgani aytiladi);

10-11. Krishtianu Ronaldu - 60;

10-11. Ronald Kuman - 60.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!