Men Yevropani yaxshi ko‘raman
Men Yevropani yaxshi ko‘raman va uning ravnaq topishini xohlayman, ammo hozir u to‘g‘ri yo‘nalishda harakatlanmayapti — AQSh prezidenti.
Donald Trampning nutqidan iqtiboslar:
◾️ “Yashil” energetikaga haddan tashqari e’tibor va ommaviy migrasiya Yevropaga kuchli zarba berdi;
◾️ Yevropadagi hamkorlarimiz Ukraina muammosini hal qilishga ko‘proq e’tibor qaratishlari kerak;
◾️ AQSh Ukraina masalasi bilan shug‘ullanishi shart emas, bu Yevropaning ishi;
◾️ 2020 yildagi AQSh saylovlari soxtalashtirilmaganida Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi mojaro boshlanmas edi, aybdorlar tez orada jazolanadi;
◾️ O‘tgan haftada Venesueladan 50 million barrel neft oldik;
◾️ Qo‘shma Shtatlar Venesuelaga har tomonlama yordam bermoqda. Venesuela yaqin 6 oy ichida so‘nggi 20 yil davomida topganidan ko‘ra ko‘proq daromad oladi;
◾️ Ochig‘ini aytganda, sayyoramizning ko‘plab qismlari ko‘z o‘ngimizda vayron bo‘lib bormoqda, davlat yetakchilar esa hatto nima bo‘layotganini ham tushunmayapti, tushunganlari esa hech narsa qilmayapti;
◾️ Biz boj tariflari orqali savdo defisitimizni qisqartirdik;
◾️ Yevropa davlatlari, Yaponiya va Janubiy Koreya biz bilan yirik kelishuvlar tuzdi, ular bizning hamkorlarimiz;
◾️ AQSh boshqa davlatlarga nisbatan bojlar joriy etmoqda, bu Amerikaga yetkazilgan zararni qoplash maqsadida qilinmoqda;
◾️ AQSh ma’muriyati bir yil ichida federal xarajatlarni 100 milliard dollarga qisqartirdi;
◾️ AQSh allaqachon mamlakat tashqi savdosining 40 foizini qamrab olgan savdo kelishuvlarini tuzgan;
◾️ Mening prezidentlik davrimda AQShda tabiiy gaz ishlab chiqarish tarixiy maksimumga yetdi.
