Meliqo‘ziyev — Kovalyov jangi bekor qilindi: rossiyalik sportchi doping-testidan o‘ta olmadi

Meliqo‘ziyev — Kovalyov jangi bekor qilindi: rossiyalik sportchi doping-testidan o‘ta olmadi

30 yanvar kuni sportchimiz Bektemir Meliqo‘ziyev rossiyalik sportchi Sergey Kovalyov bilan bellashishi kerak edi. Ammo rossiyalik sportchi doping-testidan o‘ta olmagani sabab jang bekor qilindi. Bu haqda bugun ma’lum qilindi.

Rossiyalik sportchi hech qanday man qilingan vositalar qabul qilmaganini aytgan. Mutaxassislar u iste’mol qilgan qo‘shimchalarni tekshirishmoqda.

Rossiyalik spotchi topshirgan doping-testda sintetik testosteron aniqlangan. Sportchining treneri Baddi Makgirt shogirdi tushgan vaziyat haqida bexabar ekanligini aytgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!