Mehnat ta’tilini o‘z hisobidan olingan ta’tilga ulasa bo‘ladimi?

Mehnat ta’tilini o‘z hisobidan olingan ta’tilga ulasa bo‘ladimi?

— Oilaviy sharoitimdan kelib chiqib, xorijga ishlagani borib kelmoqchiman. Lekin ishdan bo‘shashni ham xohlamayapman. Mehnat ta’tili olib, so‘ng o‘z hisobimdan ta’tilga ulanib ketsa, ish joyimni saqlab qola olamanmi? Kadrlar bo‘limi boshlig‘i “bunday qilish mumkinmas”, deyyapti.
Ismi sir tutildi

Jasur Norqobilov, fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudi sudyasi:
— Mehnat kodeksining 133-moddasiga ko‘ra, barcha xodimlarga, shu jumladan o‘rindoshlik asosida ishlayotgan xodimlarga, dam olish va ish qobiliyatini tiklash uchun ish joyi (lavozimi) va o‘rtacha oylik ish haqi saqlangan holda yillik mehnat ta’tillari beriladi. Ushbu kodeksning 134-moddasiga ko‘ra, xodimlarga o‘n besh kunidan kam bo‘lmagan yillik asosiy ta’til beriladi.
Demak mazkur qonun talabidan kelib chiqilganida ish beruvchi xodimga yillik mehnat ta’tili berishga majbur.
Mehnat kodeksining 150-moddasiga ko‘ra, xodimning arizasiga ko‘ra, unga ish haqi saqlanmagan holda ta’til berilishi mumkin, uning davomiyligi xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra belgilanadi, lekin u o‘n ikki oylik davr mobaynida jami uch oydan ortiq bo‘lmasligi lozim.
Ushbu qonun talablaridan kelib chiqib, ciz ish joyi va o‘rtacha oylik ish haqi saqlangan holda yillik mehnat ta’tili olishingiz va o‘z arizangizga ko‘ra ish beruvchi bilan kelishgan holda uch oydan ortiq bo‘lmagan ish haqi saqlanmagan holda ta’til olishingiz mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!