Medvedov: "Ukraina YEIga qo‘shilguncha ittifoq yo‘qolib ketadi"

Medvedov: "Ukraina YEIga qo‘shilguncha ittifoq yo‘qolib ketadi"

Ukraina faqatgina joriy asrning o‘rtalariga kelib Yevropa Ittifoqiga qabul qilinishi va shu paytga kelib uyushmaning o‘zi ham yo‘q bo‘lib ketishi mumkin. Bu haqda Rossiya Federasiyasi Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev Telegram sahifasida yozib qoldirgan.

Uning fikricha, Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga qabul qilinishi bilan bog‘liq vaziyat SSSRdagi kommunizm qurilishiga o‘xshaydi: bu rejalarning amalga oshirilish sanasi ko‘rsatilmagan, biroq ko‘plab tekshirib bo‘lmaydigan mavhum shartlar keltirilgan. Ularni ob’ektiv tekshirishning iloji yo‘q.

"Agar o‘sha vaqtga qadar Yevropa Ittifoqi yo‘q bo‘lib ketsa, nima bo‘ladi? Qanday janjal bo‘lishini o‘ylash qo‘rqinchli, chunki Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish uchun qanday qurbonliklar qilinmadi. Baxtsiz ukrainaliklarning umidlari so‘nadi", deydi Medvedev.

Eslatib o‘tamiz, Yevrokomissiya kengashi Yevropa Kengashiga Ukrainaga Yevropa Ittifoqiga kirish uchun nomzod maqomini berishni tavsiya qildi. Biroq Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish bo‘yicha muzokaralar boshlana olishi uchun bir qator islohotlar bo‘yicha “Ukraina o‘z vazifalarini bajarishi kerak: sud tizimini mustahkamlash va korrupsiyaga qarshi kurashish, shuningdek, deoligarxizasiyani amalga oshirish" .


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!