Medvedev keng ko‘lamli oziq-ovqat inqirozi xataridan ogohlantirdi

Medvedev keng ko‘lamli oziq-ovqat inqirozi xataridan ogohlantirdi

G‘arb mamlakatlarining Rossiyaga qarshi kiritayotgan sanksiyalari butun dunyoga jiddiy oqibatlar bilan tahdid solmoqda. Bu haqda Rossiya Xavfsizligi kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev ma’lum qildi.

Uning fikricha, yetkazib berishning global zanjari buzilishi tufayli yirik logistika inqirozi yuzaga kelishi mumkin. Rossiyaning energiya resurslarini taqiqlayotgan mamlakatlar esa energetika inqiroziga duch kelishlari mumkin.

“Istiqboli ayrim davlatlarda ocharchilik bo‘lgan to‘laqonli xalqaro oziq-ovqat inqirozi boshlanadi”, - deb hisoblaydi Medvedev.

Rossiya Xavfsizligi kengashi raisi o‘rinbosari milliy valyutalar barqarorligiga putur yetishi, o‘sib borayotgan inflyasiya va xususiy molk-mulkning qonuniy himoyasi buzilishi valyuta moliya inqiroziga olib kelishini qo‘shimcha qilgan.

Bundan tashqari, u yangi mintaqaviy harbiy mojarolar paydo bo‘lishi, dunyoda terrorchilar faollashishi mumkin, deb hisoblaydi. Sanitariya-epidemiologiya sohadagi xalqaro hamkorlikdan bosh tortishdan so‘ng dunyoda yangi epidemiyalar boshlanishi mumkin.

Ukrainadagi vaziyatni tartibga solish jarayonida o‘z samaradorligini isbotlay olmagan xalqaro institutlar faoliyatida pasayish kuzatiladi, masalan, Yevropa Kengashi. Mafkuraviy anglo-saksonlar mezonlariga emas, pragmatiklarga asoslangan yangi xalqaro ittifoqlar tuziladi.

Medvedev natijada yangi xavfsizlik arxitekturasi yaratiladi, deb hisoblaydi. Unda, jumladan, Amerika atrofida yig‘ilgan dunyo g‘oyasi barbod bo‘lgani tan olinadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!