MDH Parlament assambleyasida G‘azo sektori bilan bog‘liq bayonot ko‘rib chiqildi

MDH Parlament assambleyasida G‘azo sektori bilan bog‘liq bayonot ko‘rib chiqildi

Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi (MDH) Parlament assambleyasining siyosiy masalalar va xalqaro hamkorlik bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Unda Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investisiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi raisi Ravshanbek Alimov ishtirok etdi.

Gibrid formatda o‘tkazilgan tadbirda Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya va Tojikiston parlamentlari vakillari qatnashdi.

Komissiya a’zolari MDH Parlament assambleyasi kengashi muhokamasiga taqdim etiladigan qator hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqdi.

Shuningdek, Assambleyaning BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan terrorizmga qarshi kurashish sohasidagi o‘zaro hamkorligi, parlamentlararo birlashmalar tadbirlari to‘g‘risidagi axboroti eshitildi.

Jumladan, MDH Parlament assambleyasining Falastin davlatining G‘azo sektoridagi vaziyat to‘g‘risidagi bayonoti va MDH Parlament assambleyasi huzurida kuzatuvchi maqomi to‘g‘risidagi nizom loyihalari ko‘rib chiqildi.

Muhokama davomida bildirilgan O‘zbekiston Respublikasining nuqtayi nazari va takliflari majlisning yakuniy hujjatlarida inobatga olindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!