MDH mamlakatlari ekspertlari Rus tilini qo‘llab-quvvatlash va targ‘ib qilish xalqaro tashkilotining ta’sis hujjatlarini ishlab chiqishga kirishdi

MDH mamlakatlari ekspertlari Rus tilini qo‘llab-quvvatlash va targ‘ib qilish xalqaro tashkilotining ta’sis hujjatlarini ishlab chiqishga kirishdi

MDH shtab-kvartirasida ekspertlar guruhining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Rossiya, Tojikiston, O‘zbekiston, MDHga a’zo davlatlar parlamentlararo assambleyasi va Hamdo‘stlik Ijroiya qo‘mitasi vakillari ishtirok etdi.

MDH Bosh kotibi o‘rinbosari Dauren Abayev rus tili Hamdo‘stlik mamlakatlarida millatlararo muloqotning asosiy vositasi sifatidagi mavqeini saqlab qolganini ta’kidladi.

O‘tgan yilning oktabr oyida MDH davlatlari rahbarlari Ostonada bo‘lib o‘tgan sammitda Toqayevning rus tilini qo‘llab-quvvatlash va targ‘ib qilish bo‘yicha tashkilot tuzish tashabbusini qo‘llab-quvvatlagan va uning konsepsiyasini ma’qullagan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!