Mbappe yozda jamoani tark etmasa, PSJdan 90 mln yevro oladi

Agar “PSJ” hujumchisi Kilian Mbappe yozgi transfer oynasidan keyin jamoada qolsa, u 90 million yevro bonus oladi, deya xabar berdi RMC sport.
Manbaga ko‘ra, parijliklarda xavotir yo‘q. Fransuz loyihaning yo‘nalishidan juda mamnun va ketish niyatida emas.
Oldinroq Mbappe PSJ bilan 2024/2025 yilgi mavsum uchun shartnomani avtomatik ravishda uzaytirish variantini faollashtirmagani, bu hujumchiga 2024 yilning iyunida erkin agentga aylanishi mumkinligi malum bo‘lgandi. O‘tgan yozda mish-mishlar hujumchining "Real"ga o‘tishi mumkinligi bilan bog‘liq edi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)