Maymun chechagiga qarshi yangi atama qo‘llaniladi

Maymun chechagiga qarshi yangi atama qo‘llaniladi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) irqchilik va kamsituvchi fikrlar tufayli endilikda maymun chechagiga nisbatan “monkeypox” so‘zi o‘rniga yangi “mpox” atamasidan foydalanadi. Bu haqda RIA Novosti tashkilot saytida e’lon qilingan bayonotga tayanib, xabar berdi.

“Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti jahon ekspertlari bilan bir qator muhokamalardan so‘ng ingliz tilidagi yangi “mpox” atamasini maymun chechagining sinonimi sifatida qo‘llashni boshlaydi. Maymun chechagi iste’moldan chiqib ketgunga qadar ikkala nom bir yil davomida barobar qo‘llaniladi”, - deyiladi hujjatda.

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yil boshida maymun chechagi epidemiyasi boshlangach, Internetda va ba’zi jamiyatlarda irqchilik va qoralovchi fikrlar bildirilgan.

JSST maymun chechagi epidemiyasini xalqaro ahamiyatga molik favqulodda holat sifatida tan oldi, biroq bu epidemiya xavf yuqori bo‘lgan Yevropadan tashqari dunyoning barcha mintaqalari uchun o‘rtacha xavf tug‘dirishini ta’kidladi.

Maymun chechagi kamdan-kam uchraydigan virusli infeksiya bo‘lib, u odamlar orasida ham yuqishi mumkin. Bu odatda yengil kasallanish bo‘lib, ko‘pchilik bir necha hafta ichida tuzalib ketadi, ammo ba’zilarida asoratlar paydo bo‘lishi mumkin. Maymun chechagining dastlabki belgilariga isitma, bosh og‘rig‘i, mushak og‘rig‘i, bel og‘rig‘i, shishgan limfa tugunlari, titroq va charchoq kiradi. Ko‘pincha yuzdan boshlanib, tananing qolgan qismlariga tarqaluvchi toshma paydo bo‘lishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!