Mask Xanter Baydenning xorijiy korrupsiyaga aloqadorligini tekshirishni taklif qildi

Mask Xanter Baydenning xorijiy korrupsiyaga aloqadorligini tekshirishni taklif qildi

Tesla va SpaceX kompaniyalari rahbari, amerikalik milliarder Ilon Mask AQSh prezidenti Jozef Baydenning o‘g‘li Xanter Baydenning xorijdagi korrupsiyaga aloqadorligi ehtimolini har tomonlama tekshirish muhimligini ma’lum qildi.

Bu haqda Ilon Mask «X» akkauntida yozgan.

«Uning shaxsiy vaqtida qilgan ishlari jamiyatga ta’sir qilmaydi, lekin u boshqa mamlakatlardagi korrupsiyaga aralashganga o‘xshaydi. Bu har tomonlama tekshirishga loyiq», — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz , AQSh prezidenti Jozef Baydenning o‘g‘li Xanter Bayden 25 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!