Mart oyida o‘zbekistonliklar necha kun dam olishadi?

Mart oyida o‘zbekistonliklar necha kun dam olishadi?

Bu savolga taniqli huquqshunos va bloger Xushnudbek Xudoyberdiyevning Telegram kanalida javob berildi.
Yaqinlashib kelayotgan mart oyida kalendar bo‘yicha dam olinadigan 2 ta bayram kunlari bor. Biri – Xalqaro xotin-qizlar kuni, ikkinchisi – Navro‘z bayrami.
Joriy yilda 8 mart kuni xodimlar uchun hech qanday afzallik bermaydi, sababi u yakshanba kuniga to‘g‘ri keladi. Dunyoning aksariyat davlatlarida agar bayram kuni yakshanba (dam olish) kuniga to‘g‘ri kelib qolsa, unda keyingi kun, ya’ni dushanba - dam olish kuni deb e’lon qilinadi. Ammo hozircha bizda bunday tartib yo‘q.
Navro‘z bayramiga kelsak, ushbu bayram ham shanba kunga to‘g‘ri kelgan. Ya’ni shundoq ham haftasiga 5 kun ishlaydigan xodimlarga shanba dam olish kuni bo‘lar edi. Ammo Prezident Farmoniga binoan, 23 mart – dushanba kuni barcha xodimlarga qo‘shimcha dam olish kuni bo‘ladi.
Shunday qilib Navro‘z bayrami arafasida o‘zbekistonlik 3 kun ketma-ket dam olishadi:
21 mart – shanba (Navro‘z bayrami);
22 mart – yakshanba (dam olish kuni);
23 mart – dushanba (qo‘shimcha dam olish kuni).

Ushbu suratda mart oyidagi ish va dam olish kunlari haqida batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!