Portugaliyadagi mehmonxonadan 18 yil avval yo‘qolgan uch yoshli Medlin Makkanni qidirish ishlari qayta boshlandi.
Medlin 2007 yilda, oilasi bilan ta’tilda bo‘lganida, Prayya-da-Lushdagi turar joy majmuasidan g‘oyib bo‘lgan. O‘sha paytda u uch yoshda edi. Hodisa sodir bo‘lgan kechasi uning ota-onasi do‘stlari bilan kechki ovqatda bo‘lishgan, qizaloq esa mehmonxona xonalarida uyquda bo‘lgan. Ayni paytda noma’lum shaxs uni olib ketgan.
2025 yil 1 iyun kuni portugaliya polisiyasi Lagush munisipalitetidagi 21 ta yer uchastkasini qidiruv uchun belgilaganini tasdiqladi. Bu joylar Medlin g‘oyib bo‘lgan Ocean Club kurorti bilan bosh gumonlanuvchi — Germaniya fuqarosi Kristian Bryukner yashagan hudud orasida joylashgan. Qidiruv ishlari 6 iyungacha davom etadi. Bu yerda asosan butazorlar va tashlandiq binolar mavjud bo‘lib, 30 nafarga yaqin nemis poliseylari shularni tekshirishi kutilmoqda.
Medlin Makkan ishi — “Granj operasiyasi” deb nomlangan tergov 2011 yildan buyon davom etmoqda. 2023 yilda ham polisiya qidiruv ishlarini olib borgan edi, o‘shanda ular Medlin oxirgi marta ko‘rilgan suv ombori atrofini tekshirgan. Hozirda amalga oshirilayotgan qidiruvlar nega boshlangani sir saqlanmoqda. Hukumat bu safargi harakat ish bo‘yicha oxirgisi bo‘ladimi-yo‘qmi, degan savolga ham javob bermayapti.
Medlin Makkan 2007 yil 3 may kuni Portugaliyadagi Ocean Clubda oilasi bilan ta’tilda bo‘lgan paytida yo‘qolgan. Uning ota-onasi o‘sha mehmonxona majmuasida joylashgan restoranda ovqatlanayotgan bo‘lgan, bolalar — Medlin va uning egizak ukalari-opalari — 100 metrcha naridoshdagi xonada uxlab yotishgan. Kecha davomida kattalar navbatma-navbat bolalarni tekshirish uchun borishgan. Keyt Makkan — Medlinning onasi — xonaga kirganida, qizaloq yo‘q ekanini aniqlagan.
Ko‘p yillar davomida tergovda hech qanday aniq iz qolmagan. Hozirda esa asosiy gumonlanuvchi sifatida Germaniya fuqarosi, 48 yoshli Kristian Bryukner ko‘rsatilmoqda. U qiz yo‘qolgan paytda shu atrofdagi mehmonxonada har xil ishlar bilan shug‘ullangan. Germaniya prokurorlari Bryuknerning mobil telefoni va mashinaning g‘oyib bo‘lishi haqidagi ma’lumotlarni ish bilan bog‘lagan. Tergov jarayoni davomida Bryukner o‘z aybini rad etib kelmoqda. Ayni paytda u 72 yoshli sayyoh ayolga zo‘ravonlik qilganligi uchun qamoqda.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Сречко Катанец Жаҳон чемпионати-2026'да мухлислар терма жамоадан ҳеч нарса кутмаслиги кераклигини айтди.
Англиядаги «Манчестер Сити» сафида тўлиқ мослаша олмаган Абдуқодир Ҳусанов «Барселона»га йўл олиши мумкин. Бу ҳақда Carpetas Blaugranas портали инсайдери Хуан Арриен хабар берди. У Гундўған ва Витор Рокенинг ҳам «Барселона»га ўтишини энг биринчи айтиб чиққан.
Тошкент шаҳридаги мактаблардан бирида ўқитувчилик қилиб келган аёл 2016 йили Ўзбекистоннинг биринчи президенти Ислом Каримов номидан Самарқанд вилоятининг ўша пайтдаги ҳокими Зоир Мирзаевга сохта хат ёзиб, 700 минг доллар ундиришга уринган. Бу ҳақда “Миллий” телеканалидаги “Ўткир тергов” кўрсатувида маълум қилинди.
Бу эса у Украинадаги литий осон олинадиган ягона кон эканлигини билдиради. Мазкур ҳудудда литийдан ташқари тантал, ниобий, бериллий, рубидий ва сезий каби нодир металлар ҳам мавжуд.
Эрон расмийлари ушбу ҳужумларни халқаро ҳуқуқ ва журналистлар хавфсизлигига қарши жиноят сифатида баҳоламоқда. Ҳодисалар халқаро ҳамжамият томонидан кескин қораланиши мумкин.
Шовот тумани Фавқулодда вазиятлар бўлими ходими ҳам ўзганинг ишончига кириб, ички ишлар органларидаги танишлари орқали унга ҳайдовчилик гувоҳномаси олиб беришини айтиб, эвазига 1400 АҚШ доллари ва 1 млн 300 минг сўм олганлик ҳолати ҳужжатлаштирилди.
Эрон Теҳроннинг тўхтатишга рози бўлгани ҳақида хабарлар тарқалган тинчлик келишувининг муддати яқинлашар экан, Исроилга бир нечта босқичли ҳаво ҳужумларини бошлади.
"Теҳроннинг амалиётлари “дўст ва қардош Қатар давлати ва унинг халқи учун таҳдид ёки хавф туғдирмайди”, дейилади Эрон Миллий хавфсизлик кенгаши баёнотида.