Marsning dastlabki aholisi farzand ko‘rishdan mahrum bo‘ladimi?

Marsni kolonizasiya qilish bo‘yicha har qanday rejalar eng yaqin vaqtlarda koloniyachilardan ikkita narsani tark etishni — jamoasining yashab ketishi uchun zarur bo‘lsa bolalar va naslni davom ettirishdan voz kechishni talab qiladi, deb yozadi “Futures” jurnali.
“Tabiiyki, Marsda avtonom koloniyalarning mavjudligi naslni davom ettirish bo‘lmaganda imkoni bo‘lmaydi. Boshqa tomondan, bu harakatni amalga oshirish uchun bir urinish bir qator deyarli hal qilib bo‘lmaydigan muammolarga olib keladi", — deb yozadi Kampinasdagi (Braziliya) binoanlar milliy laboratoriyasining mutaxassisi Rafael Markes va uning hamkasblari.
Yangi vatan izlash yo‘lida
2016 yilning sentyabr oyida “SpaceX” korporasiyasining rahbari Ilon Mask Marsni kolonizasiya qilish bo‘yicha keng ko‘lamli rejalari to‘g‘risida, ushbu rejalar doirasida u o‘ta og‘ir raketa va asrning oxiriga borib chamasi bir million kishini Marsga yetkazib qo‘yadigan ko‘p marta ishlatiluvchi sayyoralararo kosmik kemalar flotining yaratilishi to‘g‘risida dunyoni xabardor qilgandi.
Maskning ta’rifiga ko‘ra bu jarayonning asosiy maqsadi — hayot uchun zarur bo‘lgan har bir narsa bilan o‘zini o‘zi bemalol ta’minlay oladigan, Yer sayyorasidagi insonlar hamjamiyatidan qolishmaydigan to‘la quvvatli jamiyat bo‘la oladigan Mars sayyorasidagi to‘laligicha mustaqil "millionchi" shaharni yaratishdir.
Ilon Mask va uning hamkasblari Mars kolonizasiyasi uchun nafaqat vujudga kelishi mumkin bo‘lgan texnologik to‘siqlarni, balki o‘zga sayyoradagi hayotning biologik oqibatlarini ham hisobga olgan holda bugungi voqeliklar sharoitida buni amalga oshirishning qanchalik imkoni borligi to‘g‘risida o‘ylanib qoldilar.
Misol uchun, yuqori darajadagi radiasiya Marsga qilingan ekspedisiyalarning asosiy to‘siqlaridan biri hisoblanadi. Bundan besh yil avval “Curiosity” marsoxodining bortida “RAD” moslamasidan “qizil sayyora”ga parvoz davomida to‘planib olingan ma’lumotlar shuni ko‘rsatdiki, safar davomida odam halokatli darajadagi radiasiya dozasini olishi mumkin. Keyinchalik Mars yuzasining nurlanish darajasi koinotdagi bilan deyarli bir xil ekanligini aniqlangan edi.
Maqola mualliflarining hisoblashlaricha, radiasiya birinchi Mars mustamlakachilarining asosiy "dushmani" bo‘ladi. Ionli nurlanishlardan koloniyalar himoya qilinganligiga qaramay, u Marsning birinchi aholisiga tabiiy resurslardan foydalanish, sayyorani tadqiq qilish va deyarli har qanday harakatlarni amalga oshirishga doimiy ravishda xalaqit beradi.
Rey Bredberi olami
Ayniqsa, kuchli radiasiya va Marsda "normal" og‘irlik kuchi yo‘qligi homiladorlik paytida shundoq ham immun tizimi zaiflashgan homilador ayollarning hayotiga ta’sir qiladi. Bu xavfli kombinasiya bir vaqtning o‘zida bolaning rivojlanishida nuqsonlari paydo bo‘lishiga sabab bo‘lishi bilan birga saraton kasalligini orttirib olish yoki onaning infeksiyalari tufayli vafot etish ehtimolini oshirib yuborishi mumkin.
Bu muammolar esa, o‘z navbatida, “qizil sayyora”dagi hayotning boshqa bir muhim tomoniga yuklanadi — zaxiralar chegaralanganligi o‘ta darajada yuqorilashadi. Yerdan farqli o‘laroq, bunday koloniya aholisida o‘zlariga nisbatan shunchaki insonparvar bo‘lishga, umidsiz kasal odamlar yoki nuqsonlar bilan tug‘ilgan bolalarning hayoti uchun kurashishga imkonlari bo‘lmaydi.
Insonning hayoti eng yuqori qiymat bo‘lgan insonparvarlik g‘oyasi Marsda ishlamaydi. Hayotning noqulay sharoitlari va mustamlakachilar aholisining kichik hajmi jamoaning manfaatlarini alohida har bir insonning farovonligi yoki hayotidan ko‘ra afzalroq qilib qo‘yadi.
Bundan tashqari, Marsdagi hayot shu kabi koloniyalarning hukumatini ma’lum juftliklar qay darajada sog‘lom zurriyot berishi mumkinligini baholay oladigan majburiy irsiy test tizimini joriy etishga majbur qilib qo‘yishi mumkin. Ba’zi hollarda "jamoa" o‘ta noqulay mutasiyalarning tashuvchilariga o‘z naslini davom ettirishni yoki qarama-qarshi jinsdagilar bilan butunlay aloqa qilishi taqiqlab qo‘yishi ham mumkin.
Mask va uning hamkasblari hisoblashicha, bu muammo faqat inson to‘lig‘icha nurlanishdan yetarlicha himoyalangan vaqt kelganidan keyin hal qilinishi mumkin. Bunga butun sayyorani "radiasion qalqon" bilan o‘rab chiqqan holda texnologik yo‘l bilan birga mustamlakachilarning DNKlarini o‘zgartirib, ularni yuqori quvvat fotonlari va koinot nurlarining ta’siriga chidamligini yetarli darajada oshirish yo‘li bilan ham erishish mumkin. Insoniyat bu muammolarni hal qilgandan keyingina u Ilon Mask va marhum Stiven Xoking orzu qilganlaridek to‘laligicha “koinot turidagi mavjudot” bo‘la olishi mumkin”, — deb yakun yasaydilar maqola mualliflari.