Muxolifatdagi Jumhuriyat Xalq partiyasi (CHP) yetakchisi O‘zg‘ur O‘zel partiyaning navbatdan tashqari qurultoyida muxolifat tomonidan navbatdan tashqari saylovda prezidentlikka nomzod sifatida ko‘rsatilgan Ekrem Imamo‘g‘luning hibsga olinishiga qarshi namoyishlar uyushtirishda davom etishini ma’lum qildi.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning asosiy siyosiy raqibi hisoblangan Ekrem Imomo‘g‘lu 19 mart kuni korrupsiya va jinoiy tashkilotga rahbarlik qilishda gumonlanib qo‘lga olingan edi. 23 mart kuni ertalab sud Imomo‘g‘luni hibsga olish tog‘risida qaror chiqardi. Shu kuni Jumhuriyat xalq partiyasi Imomo‘g‘luni Turkiya prezidentligiga nomzod sifatida ko‘rsatdi.
Imomo‘g‘luning hibsga olinishi Turkiyada 2013 yildan beri eng katta norozilik to‘lqinini keltirib chiqardi. Turkiya Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, namoyishlar chog‘ida 2000 ga yaqin odam qo‘lga olingan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Шенчжен халқ суди мусодара қилинган судралиб юрувчиларни аукцион орқали сотишга қарор қилди. Харидор судралиб юрувчиларни фермадан мустақил равишда олиб кетиши керак
АҚШ армиясининг истеъфодаги полковниги Даниел Девис Украина президенти Владимир Зеленский ва унинг яқин доиралари АҚШ президенти Доналд Трампга суиқасд уюштиришга алоқадор бўлиши мумкинлигини айтди . Бу ҳақда у YouTube'да гапирди .