Markaziy bank raisi: "6 oy davomida kredit qarzlari yig‘ilib qolmaydi"

Markaziy bank raisi: "6 oy davomida kredit qarzlari yig‘ilib qolmaydi"

Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurotov kreditlarning to‘lov muddati uzaytirilishi bo‘yicha sodda va tushunarli qilib izoh berdi.

⚡️⚡️Kreditlarga berilgan ta’til natijasida kreditlarning yakuniy to‘lov muddati ham uzaytiriladi. Ya’ni masalan, kreditning oxirgi muddati 2022 yil 1 yanvar bo‘lsa, ta’til berilishi oqibatida oxirgi muddati avtomatik 2022 yil 1 iyulgacha uzaytiriladi.

Va tadbirkorlar hamda jismoniy shaxslar 1 oktyabrdan boshlab, avval qanday to‘lagan bo‘lsa, shunday to‘lashda davom etishadi. 6 oy davomida kreditlar bo‘yicha qarzlar yig‘ilib qolmaydi.

Bu haqida barcha tijorat banklariga ko‘rsatma berilgan.
Lekin ayrim banklarning kredit ta’tillari bu aytilgan fikrlarga to‘g‘ri kelmaydi.

Hurmatli tijorat banklari, yuqoridagilardan kelib chiqib, kredit kanikullari bo‘yicha shartlaringizni qayta ko‘rib chiqishingizga to‘g‘ri keladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!