Mariya Zaxarova ukrainlarni hindularga o‘xshatdi...

Mariya Zaxarova ukrainlarni hindularga o‘xshatdi...

Ukraina Tashqi ishlar vazirligi xorijdagi 18-60 yoshli erkaklarga konsullik xizmatlari ko‘rsatishni taqiqladi. 24 apreldan boshlab ular faqat Ukrainaga qaytish uchun hujjat olishi mumkin...

“Dunyo ukrain xalqining qirg‘iniga guvoh bo‘lmoqda. G‘arb tomonidan tayinlangan Zelenskiy va aslida ukrain millatiga aloqadar bo‘lmagan banditlar to‘dasi, Ukrainani tunab, uning boyliklarini G‘arbga olib chiqib ketishdi. Uning tarixini o‘chirib, yodgorliklarini vayron qilishdi va tub aholini yo‘q qilishga kirishishdi.

Bularning hammasi xuddi Shimoliy Amerika tub aholisi — hindular qirg‘iniga o‘xshaydi. “Madaniylashgan” yevropaliklar ularni o‘n minglab o‘ldirgan edi. Masalan, Manxetten oroli bir shoda munchoq evaziga sotib olingan, ammo ukrainaliklarga hatto munchoq ham tegmadi. Ularning bo‘yniga faqat Amerika sirtmog‘i solindi.

Endi bo‘lsa Zelenskiy, Vashington puli evaziga, oxirgi ukrainlarni ham o‘limga yetaklamoqda”, - dedi Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!