Marafon sabab Bo‘stonliqda vaqtincha yo‘l yopiladi

Marafon sabab Bo‘stonliqda vaqtincha yo‘l yopiladi

🏔Bo‘stonliq tumani hududidan o‘tgan avtomobil yo‘lida «SKY CAMP» nomli marafon o‘tkazilishi munosabati bilan 2021 yil 18-19 sentyabr kunlari soat 07:00 dan 11:00 ga qadar tuman hududidan o‘tgan 4R10 "Chorbog‘ suv ombori xalqa avtomobil yo‘li"ning 0-kilometridan 13-kilometrigacha bo‘lgan masofada harakatlanish vaqtincha cheklanadi.

❗️Mazkur vaqtda haydovchilarga 4R6 "Toshkent-Chirchiq-Chimyon" avtomobil yo‘lining 54-kilometridan 96-kilometrigacha bo‘lgan yo‘l orqali, yani Chimyon qishlog‘i orqali aylanib o‘tish tavsiya etiladi.

‼️Barcha haydovchilardan vaqtincha yo‘l yopilganda tartibga soluvchilarning ishoralari hamda yo‘l belgilarining talablariga rioya qilishlarini so‘raymiz.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!