Ma’muriy sudlar va MIBning hamkorlik amaliyotidagi muammolar yuzaga qalqib chiqdi

A A A
Ma’muriy sudlar va MIBning hamkorlik amaliyotidagi muammolar yuzaga qalqib chiqdi

Toshkent shahar sudida “Toshkent shahar sudlari va majburiy ijro byurolarning o‘zaro hamkorligi, odil sudlovni amalga oshirish jarayonida yuzaga kelayotgan masalalar va ularni hal etish yo‘llari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Bu haqda Toshkent shahar sudining Jamoatchilik va OAV bilan hamkorlik bo‘yicha bosh konsultanti Sadoqat Allaberganova xabar qildi.

Tadbirdan ko‘zlangan maqsad – majburiy ijro byurolari javobgar bo‘lib o‘tadigan ishlar bo‘yicha sud amaliyotida yuzaga kelayotgan masalalarni muhokama qilish, mazkur ishlarning ma’muriy va iqtisod sudlari sudloviga taalluqliligini belgilab olish, sud ijro hujjatlarini ijro qilmasdan asossiz qaytarilish holatlari yuzasidan fikr almashib, qat’iy bir fikrga kelish.

Jumladan, 2021 yilning 5 oyi davomida Toshkent shahar ma’muriy va iqtisod sudlari tomonidan majburiy ijro byurosi qarorlari, mansabdorlarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan jami 102 ta ish ko‘rilgan. Ishlarni ko‘rish natijasida MIB mansabdorlari tomonidan bir qator moddiy va prosessual huquq normalari buzilish holatlari aniqlangan va ushbu qonunbuzilish holatlari bo‘yicha jami 15 ta xususiy ajrim va taqdimnomalar chiqarilib, yuqori turuvchi davlat ijrochisi va prokurorga muhokama qilish va chora ko‘rish uchun yuborilgan.

Xususan, Toshkent shahar MIB bo‘limlari tomonidan “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga rioya qilinmayapti. Qonun talablariga ko‘ra, davlat ijrochisi o‘zining barcha prosessual harakatlarini (ko‘zg‘atish, qaytarish, undirish, qoldirish, cheklash, tamomlash, tugatish) o‘rnatilgan tartibda qabul qilgan qarorida aks ettirib, bajarishi lozim bo‘lsa-da, amaliyotda ba’zi bir harakatlar u yoki bu mazmundagi xat, yozma ko‘rsatuv shaklida amalga oshirilayapti.

Shuningdek, 2021 yilning o‘tgan 5 oyi davomida Toshkent shahar MIB tomonidan Qonunning 8, 24-moddasiga asoslanib, ijrosiz jami 27.957 ta ijro hujjati, bularning ma’muriy, fuqarolik va iqtisod sudlariga oid 6.204 tasi yoki 80,1 foiz hech bir asossiz qaytarilgan.

Davlat ijrochilarining bunday harakatlari (harakatsiligi) odil sudlov zanjirini uzib, jamoatchilik, fuqarolar ongida sud hujjati va Davlat institutlariga nisbatan xurmat va ishonchni yo‘qotadi.

Toshkent shahar ma’muriy sudi sudyasi Nurali Javliyev Majburiy ijro byurosi bo‘yicha mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari (harakatsizligi), qarorlari ustidan shikoyat qilish bo‘yicha ma’muriy sudlar amaliyoti hamda o‘zaro hamkorlik borasidagi muammo va yechimlarga to‘xtaldi:

— Statistik ma’lumotlarga qaraganda, Toshkent tumanlararo va Toshkent shahar sudlari tomonidan o‘tgan 5 oy davomida majburiy ijro byurosi mansabdor shaxslarining xatti-harakatlari (harakatsizligi), qarorlari ustidan shikoyat qilish bo‘yicha jami 85 ta ommaviy-huquqiy nizolar mazmunan ko‘rib chiqilgan. Shu jumladan, ularning 27 tasi ma’muriy organ qarorini haqiqiy emas deb topish, 58 tasi mansabdor shaxs xatti-harakatlarini g‘ayriqonuniy deb topish haqidagi arizalar tashkil etgan. Qarorni haqiqiy emas deb topish haqidagi arizalarning 7 tasi bo‘yicha ma’muriy organ qarori haqiqiy emas deb topilgan. 12 tasi qanoatlantirishdan rad etilgan, 3 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan, 5 tasi bo‘yicha ish yuritish tugatilgan. Xatti-harakat yuzasidan berilgan 58 ta ish bo‘yicha 12 tasi qanoatlantirilgan, 19 tasi rad etilgan, 8 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan, 19 tasi ish yuritishdan tugatilgan.

Eng dolzarb masalalardan biri – bu iqtisodiy sudlar tomonidan chiqarilgan qarorlar asosida berilgan ijro varaqalari bo‘yicha davlat ijrochisining qarori, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish haqidagi ishlarning sudlovga taalluqliligidir.

“Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 861-moddasiga ko‘ra, iqtisodiy sud tomonidan berilgan ijro hujjati bo‘yicha davlat ijrochisining chiqargan qarori ustidan undiruvchi yoki qarzdor tomonidan ijro hujjatini bergan iqtisodiy sudga yoki bo‘ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga, mansabdor shaxsga, qaror chiqarilganligi haqida xabar qilingan kundan e’tiboran o‘n kunlik muddatda shikoyat berilishi mumkin.

Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilmagan hollarda davlat ijrochisining qarori ustidan qaror chiqarilganligi haqida xabar qilingan kundan e’tiboran o‘n kunlik muddatda davlat ijrochisi joylashgan yerdagi umumiy yurisdiksiya sudiga yoki bo‘ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga, mansabdor shaxsga shikoyat beriladi.

Ta’kidlash joizki, ushbu moddaning noto‘g‘ri talqin qilinishi natijasida fuqarolar va yuridik shaxslarning ma’muriy va iqtisodiy sudlar o‘rtasida sarson ovora bo‘lib qolishlariga sabab bo‘lmoqda.

Qonun mazmunidan kelib chiqiladigan bo‘lsa, iqtisodiy sud tomonidan berilgan ijro hujjati bo‘yicha davlat ijrochisining chiqargan nafaqat qarori ustidan iqtisodiy sudga shikoyat qilinishi lozim. Zero, davlat ijrochisining har qanday harakati u yoki bu qaror qabul qilish bilan yakun topadi, harakati yoki harakatsizligining huquqiy oqibati aynan qarorda aks etadi.

Masalan, arizachi «Toshkent shahar Dori-Darmon» AJ ma’muriy sudga ariza bilan murojaat qilib, unda javobgar Majburiy ijro byurosi Toshkent shahar Olmazor tumani bo‘limiga nisbatan davlat ijrochisining xatti-harakatlarini qonunga xilof deb topishni so‘ragan. Ushbu ariza chuqurroq o‘rganiladigan bo‘lsa, aslida shikoyat qilinadigan xatti-harakat Toshkent shahar Yashnobod tumani Aviasozlar 1-mavzesi, 116-uyning birinchi qavatida joylashgan 87 kv.m. bo‘lgan ko‘chmas mulkni davlat ijrochisining qarori bilan elektron onlayn auksionda sotish uchun chiqarilganlikda ifodalangan. Mazkur holatda, Toshkent shahar Olmazor tumani bo‘limi davlat ijrochisining xatti-harakatlari (xarakatsizligi)ni bevosita mulkni onlayn-auksionda sotish uchun chiqarishda amalga oshirish jarayonida qabul qilingan qaror (23.12.2020 yildagi “Mol-mulkni elektron onlayn-auksionda sotish uchun chiqarish to‘g‘risida”gi Qaror) bilan uzviy bog‘liq.

Demak, yuqoridagilarga asosan aytish mumkinki, iqtisodiy sud tomonidan berilgan ijro hujjati bo‘yicha davlat ijrochisining har qanday harakati - bu qaror va uning ustidan iqtisodiy sudga shikoyat qilinishi lozim.

Qolaversa, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Xo‘jalik Sudi Plenumining 2016 yil 17 iyundagi 298-sonli qarorining 7-bandida berilgan tushuntirshlarga ko‘ra, biron-bir huquqiy oqibat keltirib chiqarmaydigan hujjatlarni, masalan, sud ijrochisining mulkni ko‘zdan kechirish dalolatnomasini va hokazolarni qilish, noqonuniy (qonunga xilof), qonuniy deb topish, bekor qilingan hujjatni o‘z kuchida qoldirish, mansabdor shaxslarning harakatlarini (harakatsizligini) haqiqiy emas deb topish, bekor qilish kabi talablar sudda ko‘rib chiqilmaydi.

Sud amaliyotida ko‘p uchrayotgan yana bir holat: Ijro hujjati bo‘yicha qarzdorning aliment to‘lashdan bosh tortganligi holatiga huquqiy baho berish, ijro hujjati undiruvchining arizasiga ko‘ra qaytarilgan davr uchun aliment qarzdorligini hisoblash davlat ijrochisining vakolatiga kirmaydi.

«Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida»gi Qonunining 70-moddasiga ko‘ra, alimentlar va aliment majburiyatlari bo‘yicha qarzlarni undirish tartibi Oila kodeksi bilan belgilanadi.

Oila kodeksining 139-moddasi 4-qismida aliment to‘lash to‘g‘risidagi notarial tartibda tasdiqlangan kelishuv yoki ijro varaqasi asosida o‘tgan davrdagi aliment qarzi ijro varaqasi yoki aliment to‘lash to‘g‘risidagi kelishuv aliment undirish uchun taqdim qilingunga qadar o‘tgan uch yildan ortiq bo‘lmagan muddat uchun undiriladi.

Sud va majburiy ijro byurosi organlari o‘rtasidagi hamkorlik borasidagi eng og‘riqli masalalardan biri – bu sud hujjatlarining ijrosidir.

“Sud-huquq tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbidlari to‘g‘risida”gi 2018 yil 13 iyuldagi PF-5482-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Oliy sud va Byuro bilan Qo‘shma ko‘rsatma taqdiqlanib, joylarga ijro qilish uchun yuborilgan. Ushbu Qo‘shma ko‘rsatma ijrosini yanada takomillashtirish va kuchaytirish yuzasidan Oliy sudning 2018 yil 20 iyuldagi RS-40-18-sonli Rayosat qarori qabul qilingan.

Mazkur Farmon va Qo‘shma ko‘rsatma ijrosini ta’minlash maqsadida joylarda sud va Byuro xodimlari ishtirokida ishchi guruhlari tuzilib, ijroni jadallashtirish yuzasidan chora tadbirlar belgilab olingan. Lekin, bugungi kunga kelib, joylarda Qo‘shma ko‘rsatma ijrosini qat’iy ta’minlash borasida ishlar talab darajasida emas.

Buning asosiy sabablari joylarda kunlik monitoring olib borilmayotganligi, Byuro organlarining xududiy bo‘limlari sudlar bilan hamkorlikni tashkil etmayotganligi, ijrosi bo‘yicha tahlillar, kunlik hamda haftalik solishtirmalar yuzaki qilinayotganligidadir.

Xususan, Respublikasi miqyosida 2018 yil 13 iyul kunidan 2021 yil 11 iyun kuniga qadar sudlar tomonidan davlat foydasiga undirilishi lozim bo‘lgan jami (1.984.129.396.799) so‘mlik 1.717.959 ta ijro xujjatlari Byuroga ijro qilish uchun yuborilgan, shundan 1.114.306.312.160 so‘mli (56,2 foiz) 1.233.275 ta ijro xujjatlari amalda ijro qilingan,496.473.707.495 so‘mlik (25 foiz) 267.136 ta ijro xujjatlari JKning 44-moddasi va Qonnunning boshqa moddalariga asosan tamomlangan, 373.349.377.144 so‘mlik (18.8 foiz) 217.548 ta ijro xujjatlarining ijrosi ta’minlanmagan.

Mazkur ko‘rsatkichni Toshkent shahar hududi bo‘yicha ko‘radigan bo‘lsak, Toshkent shahar ma’muriy sudlari tomonidan 2017-2021 yillar davomida sud qarori bilan davlat bojini undirish yuzasidan Majburiy ijro byurosi Toshkent shahar boshqarmasiga jami 961 ta 904.664.717 so‘mlik ijro xujjatlari ijro qilish uchun yuborilgan bo‘lib, 2017 yilda 169 ta, 2018 yilda 179 ta, 2019 yilda 184 ta, 2020 yilda 259 ta hamda 2021 yilda 170 ta ijro xujjatlari ijrosi ta’minlanmagan bu o‘z navbatida Majburiy ijro byurosi Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan Respublika byudjetiga so‘m o‘z vaqtida undirilmaganligini ko‘rsatmoqda.

Sud qaroridan ko‘zlangan maqsad uning ijrosi to‘liq ta’minlangandagina erishiladi. Xalqimizning sud va majburiy ijro byurosi organlariga bo‘lgan ishonch va hurmat ko‘p jihatdan aynan shunga bog‘liq.

Sud va majburiy ijro byurosi organlari o‘rtasidagi o‘zaro ishonch va hamkorlikka salbiy ta’sir qiladigan omillardan biri – bu ijro hujjatlarining asossiz qaytarilishidir.

Toshkent shahar ma’muriy sudi tomonidan Majburiy ijro byurosi Toshkent shahar boshqarmasiga 2021 yilning 21 iyun holatiga jami 26 ta ijro xujjatlari yuborilgan. Ko‘rib turganizdek, deyarli olti oylik muddatda bor yo‘g‘i 26 ta ijro hujjati yuborilgan, lekin shulardan 19 tasi “Sud xujjatlari va boshqa organ xujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 24,8-moddalariga asosan ijrosiz qaytarilgan. Qaytarilgan 19 ta ijro xujjatida nima kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligi ko‘rsatilmagan yoki asossiz qaytarilgan.

Kelgusida Respublika byudjetiga davlat bojlarini belgilangan muddatlarda undirib olish choralarini ko‘rish maqsadida Toshkent shahar ma’muriy sudi va Majburiy ijro byurosi Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan xaftalik monitoring olib borgan holda har xaftaning juma kuni ma’lumotni hamda ro‘yxatni imzolangan holda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga va O‘zbekiston Respublikasi Bosh pokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosiga axborot taqdim etib borish, shuningdek, ijro xujjatlarini asossiz qaytarilishini oldini maqsadga muvofiq bo‘lar edi.

Ma’muriy sudlar va MIBning hamkorlik amaliyotidagi muammolar yuzaga qalqib chiqdiMa’muriy sudlar va MIBning hamkorlik amaliyotidagi muammolar yuzaga qalqib chiqdiMa’muriy sudlar va MIBning hamkorlik amaliyotidagi muammolar yuzaga qalqib chiqdiMa’muriy sudlar va MIBning hamkorlik amaliyotidagi muammolar yuzaga qalqib chiqdi

“Davra suhbati” davomida sud amaliyotidan misollar keltirilib, ba’zi qonunlarning qo‘llanilish tartibi taxlil qilindi. Shuningdek, Toshkent shahar prokuratura bilan birgalikda MIB bo‘limlari tomonidan o‘zlariga yuklatilgan vazifani belgilangan tartibda bajarish lozimligiga ahamiyat qaratildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

Messi Bollivud yulduzi Shohrux Xon bilan uchrashdi (foto)

Аргентина терма жамоаси ва "Интер Майами" юлдузи Лионель Месси Ҳиндистонга 3 кунлик ташриф билан келди.

O‘zbekistonlik futbolchi faoliyatini Yevropa klubida davom ettirishga yaqin

Абдуғани Камолов Қирғизистоннинг “Бишкек Сити” клубини тарк этиб, Косово чемпионати вакили билан шартнома имзолаши кутилмоқда. Бу ҳақда Asia-Sport.uz телеграм канали хабар берди.

Slot bilan mojaro yakunlanganidan keyingi dastlabki o‘yindayoq Saloh APL rekordini o‘rnatdi

"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.

"Neftchi" bomba transferlar tayyorlamoqda

Суперлиганинг амалдаги чемпиони "Нефтчи" келаси мавсумда ҳам ўз олдига юқори мақсадлар қўймоқда.

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

Sibirdan Orol dengiziga suv yo‘naltirilishi mumkin

Бу ташаббус “Қуруқлик сув ресурслари” бўйича илмий кенгашининг октябрь ойидаги йиғилишида кўриб чиқилган.

«Dahshatli summalar»: AQSh biznesi Rossiyaga qarshi sanksiyalar tufayli qancha yo‘qotgani ma’lum bo‘ldi

Бу ҳақда Россиядаги Америка савдо палатаси (AmCham) раҳбари Роберт Эйжи RTVI’га берган интервьюсида маълум қилди.

AQSh Ukrainaga “juda kuchli xavfsizlik kafolatlarini” va’da qildi

Ҳали муҳокама қилиниши керак бўлган баъзи масалалар мавжуд, аммо президент Доналд Трамп эришилган ютуқдан мамнун.

Bekobodda piyodani urib yuborib kanalga tashlagan IIB xodimiga xotini ham yordam bergan

Бекобод шаҳар ИИБ катта тезкор вакили мast ҳолда Nexia’да пиёдани уриб кетиб, жабрланувчига ёрдам кўрсатмаган.

Tojikiston O‘zbekistondan elektr energiya olishni boshladi

Тожикистон ташқи бозорларга фақат мамлакатнинг жануби-ғарбий қисмида Ўзбекистон энергия тизими (500 кВт «Регар-Ғузор» электр узатиш линияси) орқали чиқади.

«Istanbul Bashakshehir» bosh murabbiyi Eldor Shomurodov haqida fikr bildirdi

«Истанбул Башакшеҳир» жамоаси бош мураббийи Нури Шахин Ўзбекистон миллий терма жамоаси сардори Элдор Шомуродов ҳақида фикр билдирди, дея хабар қилади Sports.kz Milliy Futbolimiz манбасига таяниб.

Namanganda 23 nafar bolaga noqonuniy diniy ta’lim bergan erkak ushlandi

У диний билимларни ижтимоий тармоқлардаги номаълум манбалардан мустақил ўрганган бўлиб, расмий диний маълумотга эга бўлмаган.

«Qirg‘iziston aeroportlari» beshta xizmatdan chiqqan samolyotni auksionga qo‘ydi

Айни пайтда ушбу самолётлар «Манас» халқаро аэропорти ҳудудида жойлашган.

Kuchli yomg‘ir G‘azodagi “Al-Shifo” shifoxonasi va ko‘chirilganlar chodirlarini suv ostida qoldirdi

Табиий офат натижасида юзлаб чодирлар вайрон бўлган.

Zelenskiy Berlindagi muzokaralardan so‘ng “tinchlik rejasi” bo‘yicha keyingi qadamlarni ochiqladi

Бу учрашув келаси ҳафтанинг охирига қадар бўлиши мумкин.

Ukraina aholisining ko‘pchiligi Donbassni Rossiyaga berishni istamaydi hamda Zelenskiyga ishonadi — Kiyev xalqaro sosiologiya instituti

Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.

AQShlik mashhur rejissyor Rob Rayner va uning rafiqasi uyida o‘lik holda topildi

АҚШлик машҳур кинорежиссёр Роб Райнер ва унинг турмуш ўртоғи Мишель Райнер Лос-Анжелесдаги ўз уйида ўлик ҳолда топилди.

Germaniya TIV rahbari Rossiyani «NATOga qarshi urushga tayyorgarlik ko‘rishda» aybladi

Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.

Kolumbiyada maktab avtobusi halokatga uchradi

Губернаторнинг сўзларига кўра, ўқувчилар якшанба куни кечқурун пляжда битирув маросимини нишонлаган.

Bekobodda IIB xodimi mashinada odam o‘ldirib qo‘yib, Sirdaryoga oqizib yuborgani aytilmoqda

Бекобод туманида ИИБ Жиноят қидируви бўлими ходими Nexia-3 автомашинасида 43 ёшли пиёдани уриб юбориб, унинг ўлимига сабаб бўлган.

Tramp Vashingtonda g‘alaba arkasi qurilishini e’lon qildi — CNN

АҚШ президентининг айтишича, арка Париждагига ўхшаш кўринишда, лекин ўлчамлари “бошқа аркаларни соясида қолдирадиган” даражада улкан бўлади.

Marokashdagi kuchli suv toshqinlari 37 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

14-декабр куни Марокашнинг Сафӣ шаҳрида кучли ёмғирлар оқибатида сув тошқинлари юз берди.

Avstraliya hukumatlari qurol to‘g‘risidagi qonunlarni kuchaytirishni rejalashtirmoqda

Австралия бош вазири Энтони Албанезе Сиднейдаги Бонди-бич соҳилида содир этилган, 15 нафар инсон ҳалок бўлган ҳужумдан сўнг мамлакатда қурол тўғрисидаги қонунларни кучайтириш таклифи билан чиқди.

Los-Anjelesda Rob Rayner uyida ikki kishi o‘lik holda topildi

Лос-Анжелесда голливудлик актёр ва режиссёр Роб Райнерга тегишли уйда бир эркак ва бир аёл ўлик ҳолда топилди, деб хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.

Rossiya Belgiyaning Euroclear kompaniyasidan muzlatilgan aktivlar uchun qariyb 230 milliard dollar talab qilmoqda

Бу ҳақда ТАСС агентлиги хабар берди, деб ёзади «Европача правда».

Sidneydagi terrorchining qo‘lidan avtomatni tortib olgan erkakning ahvoli qanday?

Бироқ шундан сўнг террорчи кўприк томонга қочиб, бошқа қуролдан яна ўқ узишни давом эттирган.

Sidneydagi otishmada ravvin halok bo‘ldi

Полиция ҳужумнинг учинчи эҳтимолий иштирокчисини ҳибсга олди

G‘allaorol va Zafarobodda kelinlik sarpolari MIB tomonidan olib berildi

Аёллар ўзларига тегишли бўлган сарполарни собиқ турмуш ўртоқларининг уйларидан олиб кетишга уринганларида қаршиликка учраганлар.

Sidneydagi otishmani uyushtirganlardan biri pokistonlik muhojirmi?

Исроил ташқи ишлар вазири Гидеон Саар Сиднейдаги теракт сабаб чуқур қайғуда эканини билдирди

Sudanda armiyani qo‘llab ommaviy namoyishlar o‘tkazildi

Суданнинг бир нечта шаҳарларида минглаб одамлар армияни қўллаб кўчаларга чиқди. Бу намойишлар, давлат органлари чақирувига биноан, мамлакатдаги ҳарбий ҳаракатларни қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилди.

BMTdagi Falastinaning doimiy vakili: Isroil etnik tozalash va hujumlarni kuchaytirishni davom ettirmoqda

Исроил фаластин халқига нисбатан «ҳужумларнинг кучайиши»ни давом эттирмоқда. Бу жараёнга ишғол қилинган Ғарбий соҳил ҳамда Ғазо секторида ерларни босиб олиш, шунингдек «этник тозалаш» сиёсати ҳам киради.