Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatining bir yilligiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi

Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatining bir yilligiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi

Dastlab anjuman doirasida press-tur tashkil etilib, ommaviy axborot vositalari poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 324-maktabgacha ta’lim muassasasiga tashrif buyurdi.

Ushbu muassasa ko‘p yillar foydalanilmay turgan MTM o‘rnida qayta tashkil etildi. Ob’ektning to‘liq rekonstruksiya qilinishi va jihozlanishi uchun xorijiy investorlar – Janubiy Koreyaning Sejong universiteti va «New Millenium Construction» kompaniyasi mablag‘lari yo‘naltirildi. Natijada zamonaviy talablarga to‘la javob beradigan oshxona, ovqatlanish joyi, turli ommaviy tadbirlarni o‘tkazishga mo‘ljallangan zalni o‘z ichiga olgan bino qad rostladi.    Muassasada bolalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga ko‘maklashuvchi alohida san’at xonasi va sport zali bor. Ochiq havoda jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun esa futbol maydonchasi mavjud.    Press-turdan so‘ng jurnalistlar vazirlikda tashkil etilgan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin Prezidentimizning joriy yil 30 sentyabrda qabul qilingan «Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori ertamiz egalari kamoloti uchun olib borilayotgan islohotlarni yangi bosqichga olib chiqqani, shuningdek, mazkur hujjat sohadagi qator muammolarni bartaraf etishga asos bo‘layotganini ta’kidladi
Anjumanda mazkur qarorda belgilangan vazifalar doirasida qilinayotgan ishlar, istiqboldagi rejalar haqida ma’lumot berildi.

Manba: uza.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!