Makron Putin bilan Ukrainadagi fuqarolik yadro energetikasi masalalarini muhokama qiladi

Makron Putin bilan Ukrainadagi fuqarolik yadro energetikasi masalalarini muhokama qiladi

Emmanuel Makron MAGATE rahbari Rafael Grossi bilan muzokaradan so‘ng Vladimir Putin bilan Ukrainadagi fuqarolik yadro energetikasi masalalarini muhokama qilishini ta’kidladi.

Bu haqda Fransiya prezidenti TF1 telekanali efirida ma’lum qildi.

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov "RIA Novosti"ga ma’lum qilishicha, Putinning grafigida hozircha Fransiya rahbari bilan telefon orqali muloqot qilish rejalashtirilmagan.

Meduza manbalariga ko‘ra, Rossiya qo‘shinlari neft va gazning Ukraina orqali uzluksiz tranziti kafolati evaziga Zaporojye atom elektr stansiyasidan chiqib ketishi mumkin.

O‘z navbatida, Grossi La Repubblica nashriga bergan intervyusida MAGATE yil oxirigacha Zaporojye atom elektr stansiyasini himoya qilish bo‘yicha Rossiya Federasiyasi va Ukraina bilan kelishuvga erishishga umid qilishini aytdi. Avvalroq agentlik stansiya atrofida xavfsiz hudud yaratishga chaqirgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!