Mahmud Murodov UFC’dagi navbatdagi jangini oktyabrda o‘tkazadi

Mahmud Murodov UFC’dagi navbatdagi jangini oktyabrda o‘tkazadi

UFC bilan shartnoma imzolagan ilk o‘zbekistonlik sportchi Mahmud Murodov navbatdagi jangini 2020 yilning 17 oktyabrida o‘tkazadi. Bu haqda sportchi o‘zining "Instagram" sahifasida ma’lum qildi.

“Do‘stlar, keyingi jangim 17 oktyabrda Kshishtof Yotkoga qarshi bo‘lib o‘tadi. Xudo xohlasa, tez orada sizlarni yana bir g‘alaba bilan xursand qilaman! Qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun barchangizga katta rahmat” — deb yozib qoldirgan u.

Polshalik Kshishtof Yotko MMA’dagi faoliyati davomida 26 ta jang o‘tkazib, shularning 22 tasida g‘alaba qozongan, 4 tasida esa mag‘lubiyatga uchragan.

Mahmud Murodov UFC’da hozirgacha ikkita jang o‘tkazgan. Har ikki jangda uning qo‘li baland kelgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!