London va Toshkent shahridagi xalqaro vestminster universitetlari rektorlari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

London va Toshkent shahridagi xalqaro vestminster universitetlari rektorlari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 18 fevral kuni London shahrida Vestminster universiteti rektori Piter Bonfild va Toshkent shahridagi xalqaro Vestminster universiteti rektori Komiljon Karimov o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralar natijasida tomonlar o‘rtasida yuqori ta’lim sifatini ta’minlagan holda kadrlarni tayyorlash bo‘yicha strategik hamkorlik bo‘yicha kelishuv imzolandi. 

Kelishuvga binoan, Toshkent shahridagi xalqaro Vestminster universitetida moliya texnologiyalari, biznes menejment va marketing yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavr, inson resurslarini boshqarish va ma’lumotlar analizi yo‘nalishlari bo‘yicha magistrlik dasturlarini joriy qilish ko‘zda tutilgan. 

Bundan tashqari, tomonlar o‘rtasida davlat xizmatchilari, tadbirkor va jismoniy shaxslar uchun mo‘ljallangan qisqa muddatli malaka oshirish kurs va treninglarini tashkillashtirishga kelishib olindi.  

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!