Lochinlar aeroport xodimi bo‘ldi

A A A
Lochinlar aeroport xodimi bo‘ldi

Lochin – lochinsimonlar oilasining markaziy va eng katta turi bo‘lib, yirik yirtqich qushdir. Lochinning ilmiy nomi falco bo‘lib, lotincha falx so‘zidan olingan, ma’nosi “o‘roq”dir. Lochin parvoz vaqtida qanotlari shakli o‘roqqa o‘xshagani uchun shunday atalgan. Lochinlarning bugungacha fanga 58 turi ma’lum bo‘lgan. Mazkur turlar bir necha oilalarga ham bo‘linadi. Lochinlar tashqi ko‘rinishi chiroyli qushdir. Ular Antarktidadan tashqari butun dunyo bo‘ylab tarqalgan. Ular ochiq joylarda, o‘rmon va pasttekisliklarda yashaydi. Shuningdek, ularni jarlik va qoyalarda ham uchratish mumkin. Agar odamlarning xavfi bo‘lmasa, shaharlarga yaqin joylarda ham yashashi mumkin. Lochin bir-biriga yordamlashadigan qush bo‘lib, hech baxillik qilmaydi. Turdoshlarini himoya qiladi. Ba’zi davlatlar lochinni o‘zlariga ramz qilib olganlar. Lochinlar ta’lim olish qobiliyatiga ega bo‘lib, agar ustozi undan roziligini sezsa, o‘zini juda xursand his etadi. Lochinlar zulmga, aldovga aslo rozi bo‘lmas ekan. Urg‘ochilari bilan juda e’tiborli va muloyim munosabatda bo‘lar ekan. Juftiga rashkchi, bolalariga g‘amxo‘r ekan. Ovchilik usuliga va tashqi xususiyatlariga ko‘ra, barcha turdagi zotlarni uch guruhga bo‘lish mumkin: qirg‘iy, jig‘oltoy va lochin. Bundan tashqari shunqor, turumtoy, o‘rmon lochini, kulayotgan lochin va mitti lochinlar ham bor. Qirg‘iy – lochinsimonlar oilasining turlaridan biri bo‘lib, tanasining yuqori qismi to‘q jigarrang bo‘ladi. Erkagi bilan urg‘ochisi o‘rtasida sezilarli darajada farq bo‘ladi. Ular asosan quruqlikdagi hayvonlar: sudraluvchilar, hasharotlar va kemiruvchilar bilan oziqlanadi.

Qirg‘iylar Yangi Zelandiya, Yangi Gvineya, Yangi Kaledoniya, Madagaskar, Mavrikiy va Seyshal orollarida, Avstraliya, Amerika va Yevroosiyoning dasht va chala cho‘llarida hamda Afrika mamlakatlarida yashaydi. Jig‘oltoy – qirg‘iydan kattaroq bo‘lib, mayda qushlar bilan oziqlanadi.

Jig‘oltoy O‘rta Yer dengizidagi orollarda, Yaponiya, Indoneziya, Kuril orollari, Saxalin oroli, Yangi Gvineya, Avstraliya, Afrika mamlakatlaridan Tunis, Jazoirda, Atlantika ummoni sohillarida, Arabiston yarimoroli, Finlyandiya, Norvegiya va Shvesiya davlatlarida uchraydi. Sapsan lochini dunyodagi eng keng tarqalgan yirtqich qushdir. U o‘ljasiga katta balandlikdan tik hujum qiladi. Uning panjalari shu qadar o‘tkirki, hatto yirikroq hayvon boshini tanasidan uzib olishi mumkin.

Lochinning qorin qismida gorizontal chiziqlar mavjud. Lochinlarning juftlashish marosimlari parvoz shaklida o‘tib, bunda erkak va urg‘ochi lochinlar bir-birining tirnoqlarini ushlab olib, pastga sho‘ng‘ishlari va taxminan 10 metrgacha tushishlari mumkin. Bundan tashqari erkak lochin urg‘ochisiga tumshug‘ida sovg‘a beradi. Bu lochin o‘ziga xos “ustun” kabi vertikal qo‘nishni amalga oshira oladi va uzun uchli qanotlari bilan ajralib turadi.

Sapsanlar ko‘chmanchi bo‘lib, umri davomida Afrika, Amerika, Osiyo va Yevropaga tashrif buyuradi. Sapsan lochin yer shari hayvonot dunyosining eng tezkor vakili bo‘lib, ov paytida uning tezligi soatiga 322 kilometrgacha yetadi. O‘lja uchun tik sho‘ng‘ishlarni amalga oshiradi. Lochinlar tabiat sanitarlari bo‘lib, kemiruvchilarga qiron keltiradi. Ular sayyoramizdagi tabiiy muvozanatni saqlash uchun juda muhimdir. Masalan, bu qushlar ko‘plab o‘simliklarga zararli ta’sir ko‘rsatadigan sichqonlar va boshqa kemiruvchilarni ovlashadi. Shuningdek ular zararli qushlarning sonini, masalan, qarg‘alar va qarg‘asimonlarni tartibga solishda xizmat qiladi. Qarg‘alarning zarari shundaki, ular boshqa qushlarning inlarini buzib, tuxumlarini yeb qo‘yishadi. Kichikroq turdagi lochinlar esa asalarilarga hujum qiluvchi oltinrang ari yeyuvchisini ovlashadi. Shunqorlar – lochinlarning yirik turidir. Shunqorlarning urg‘ochisi erkagidan yirikroq bo‘lib, 2 kilogrammga yetadi. Erkagi esa undan ikki barobar kichik. Qanotlarining uzunligi 120-135 santimetr, tanasining hajmi esa 60 santimetrgacha yetadi.

Shunqor shimoliy mintaqalarda kengroq tarqalgan bo‘lib, ko‘pincha ummon bo‘ylarida, tundrada, qoyalar bag‘rida yashaydi. Shunqorlar dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida ovchilikda ishlatiladi. Turumtoy – lochinlar oilasiga mansub qush bo‘lib, tanasining uzunligi 80 santimetr, narining usti kulrang, qorni sarg‘ish, modasining usti qo‘ng‘ir tusda bo‘ladi. Ular asosan mayda qushlar bilan, kamdan kam hollarda kemiruvchilar va hasharotlar bilan oziqlanadi. O‘rmon lochinlarining qorni yo‘l-yo‘l chiziqlar bilan qoplangan bo‘lib, ularining uzunligi 30-38 santimetr, massasi 150-200 gramm keladi.

Ular Markaziy va Janubiy Amerikaning nam tropik mintaqalarida yashab, daraxtlarning kovagiga, qoya yoriqlariga in quradi. Kulayotgan lochin – lochinlarning bir turi bo‘lib, tana uzunligi 45-50 sm, qanot uzunligi 25-30 sm, qanotlarini yoyganda 79-95 sm, og‘irligi 400-650 gramm keladi. Boshi katta bo‘lib, haqiqiy lochinlar kabi tik qo‘nadi. Qanotlari va orqasining rangi to‘q jigarrang bo‘lib, dumi qirrali va yo‘lli, ko‘zi va boshining orqa qismidan qora rangda “niqob” o‘tgan.

Ushbu lochinlar uzoq ritmik qichqirgani uchun odamning baland ovozda kulishiga o‘xshaydi. Kulayotgan lochin ilonlar, ba’zan zaharlilari bilan, shuningdek, kaltakesaklar bilan oziqlanadi. Ushbu lochin Amazoniya o‘rmonlarida, Meksikaning janubidan Urugvay va Argentina shimoligacha bo‘lgan hududlarda istiqomat qiladi. Shimoliy Hindiston va Janubi Sharqiy Xitoydan Filippin, Malay arxipelagigacha bo‘lgan Janubi Sharqiy Osiyoning tropik o‘rmonlarida mitti lochinlar yashaydi. Dunyodagi eng kichik lochin bu – Mavrikiy qirg‘iysidir. Ularning soni o‘rmonlarni kesilishi oqibatida kamayib bormoqda. Bugungi kunda tabiatda ushbu noyob turdagi qirg‘iylarning 2 jufti mavjud. Mitti lochinlar dunyodagi eng yirtqich qushlar bo‘lib, ularning o‘lchamlari 19 santimetrdan oshmaydi. Yirik lochinlar ov uchun maxsus o‘rgatiladi. Ovchi lochin o‘ljani tutib, o‘ldirib, keyin egasini kutib turadi. O‘lja ovlash, ozuqalanish bo‘yicha lochin sayyoradagi eng aqlli va mohir qushdir. Olimlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, barcha quruqlikdagi qushlarning beshdan bir qismi lochinlarning o‘ljasiga aylanar ekan. Ba’zi mamlakatlar aeroportida samolyot qo‘nadigan yo‘laklardagi turli qushlar galasini haydashda lochinlardan foydalaniladi. Lochinlar shu qadar tez uchishadiki, burunlariga kirayotgan havo ularning salomatligiga salbiy ta’sir etmasligi uchun Alloh taolo ularning burun bo‘shlig‘i old qismiga suyak naychalarni joylashtirib qo‘ygan. Buning natijasida havo oqimi boshqa tomonga yo‘naladi. Ba’zi lochinlarning erkak va urg‘ochisi tashqi ko‘rinishidan bir-biridan deyarli farq qilmaydi. Lochinlar ham burgutlar kabi urg‘ochisini bir marta tanlab, umr bo‘yi o‘sha bilan yashaydi. Lochinlar deyarli boshqa qushlar qurgan inlarda yashamaydi. Har bir lochinning o‘z hududi bor bo‘lib, u yerda oilasi bilan yashaydi, naslni tarbiya qiladi. Lochinlarning asosiy dushmani – insondir. Odamlar dala va bog‘larini kemiruvchilardan saqlash uchun zaharli moddalar sepadilar. O‘sha kemiruvchilarni ovlagan lochinlarning oshqozoniga ham mazkur zaharli modda kiradi. Qadimgi rus davlatida lochinlar boshqa davlat rahbarlariga beriladigan qimmatbaho sovg‘a hisoblangan. Lochin Birlashgan Arab Amirliklari, Qirg‘iziston va Islandiya gerbida tasvirlangan.

Lochinlar odamlarga ov qilishda yordam beradi, qo‘y podalariga yaqinlashayotgan yirtqichlarni quvadi, bog‘ va dalalardagi zararkunanda kemiruvchi va qushlarni haydaydi.

Alloh taolo jonzotlarni yaratib, ularning yashashi uchun mos sharoitni ato etgan. Lochinlar havoda parvoz qila turib, yerda ketayotgan quyon, sichqon, kalamush kabilarni ko‘rib, ularga hujum qiladi. Taxminan o‘n qavatli bino balandligidan yerdagi quyonni ko‘rish uchun juda o‘tkir ko‘z sohibi bo‘lish kerak. Alloh taolo lochin, burgut kabi yirtqich qushlarning ko‘rish qobiliyatini ana shunday o‘tkir qilib qo‘ygan.

Ha, azizlar, Robbimiz Mehribon va Hakimdir! U har bir narsani hikmat bilan yaratgan va ularning qulay yashashi uchun kerakli muhitni ato qilgan!

Maqolamizni ushbu oyatlar bilan yakunlaymiz:

قَالَ فَمَن رَّبُّكُمَا يَا مُوسَى قَالَ رَبُّنَا الَّذِي أَعْطَى كُلَّ شَيْءٍ خَلْقَهُ ثُمَّ هَدَى

“U: “Ey Muso, ikkovingizning Robbingiz kim?” dedi. U: “Bizning Robbimiz har narsaga o‘z yaratilishini bergan hamda uni hidoyatga solgan zotdir”, dedi” (Toha surasi, 49-50-oyatlar).

Alloh taolo barchamizni tafakkur qiluvchilardan va buning natijasida ilm-ma’rifati oshib, iymonining nuri ziyoda bo‘ladiganlardan qilsin! Omin!

Manba: muslim. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Eronda bir baqqol do‘koni oynasida shunday yozuv ilgan:

«Бу хаёлий маҳсулот эмас. Агар эҳтиёжинг бўлса, ол — урушдан кейин тўлайсан.»

Go‘sht narxi keskin oshmoqda

Ўзбекистонда гўшт нархи сўнгги вақтларда сезиларли қимматлашди.

JCH-2026ni o‘tkazib yuboradigan eng qimmat futbolchilar reytingi tuzildi

Transfermarkt мутахассислари ўзига хос рейтингини эълон қилишди.

AQSh razvedkasi Trampni ogohlantirgan — Professor Jon Mirshaymer

Жон Миршаймернинг айтишича, АҚШ разведкаси Дональд Трампга Эрон билан уруш яхши натижа бермаслигини олдиндан айтган.

Tramp Saudiya shahzodasi haqida keskin bayonot qildi

Дональд Трамп Муҳаммад ибн Салмон ҳақида кескин ва баҳсли баёнот берди.

Turkiya AQShni ogohlantirdi!

Агар курдлар Эронга қарши ҳужумларда иштирок этса, дарҳол ҳарбий жавоб бўлади.

Rossiya Ukraina borasida Janubiy Koreyani jiddiy ogohlantirdi

Бу ҳақда Россия ташқи ишлар вазири ўринбосари Андрей Руденко маълум қилди.

"Bu yolg‘on. Men uning gaplarini eshitdim va..."

Ушбу баёнот Парижда бўлиб ўтган "G7" давлатлари ташқи ишлар вазирлари учрашувидан сўнг оммага олиб чиқилди.

O‘zbek klublariga milliardlar ajratildi

Ўзбекистон футболида катта ўзгаришлар даври бошланмоқда. Президентнинг янги қарорига мувофиқ, Суперлига клубларини молиявий соғломлаштириш ва босқичма-босқич хусусий секторга ўтказиш бўйича аниқ «йўл харитаси» белгиланди.

Rossiya yaqinlashmoqda

DeepState таҳлилий ресурсининг янгиланган маълумотларига кўра, Россия қўшинлари Донецк вилоятининг бир қатор ҳудудларида олдинга силжиган.

Mashhur model Husanovga uchrashuv taklif qildi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси ва “Манчестер Сити” ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов туғилган куни муносабати билан табрикларни олишни давом этмоқда.

Qadr kechasi qaysi kunga to‘g‘ri keladi?

Рамазон ойининг охирги 10 кунлиги бошланди.

Eronda 19 yoshli sportchi dorga osib qatl etildi

19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.

Erling Xoland o‘ziga yangi jamoa tanladi

Бу ҳақда Football365 портали журналистлари хабар бермоқда.

Netanyaxu Isroildan qochib ketdi

У Эрон баллистик ракета отишидан олдин қочишга улгурибди.

Eron hammani va hamma narsani bombardimon qilmoqda

Эрон ОАВларининг хабарларига кўра, Баҳрайндаги Америка объектлари ва базаларида 8 тадан ортиқ кучли портлашлар юз берган.

Kreml Zelenskiyni "qo‘shinlarni olib chiqishga" chaqirdi

Бу ҳақда Россия Федерацияси президенти матбуот котиби Дмитрий Песков баёнот берди.

Texpasport endilikda 5 yilga beriladi

Ўзбекистонда янги тартиб жорий этилди.

Eron oliy rahnamosi Mujtabo Xominaiy Moskvada emas

Дипломатнинг таъкидлашича, мвзкур урушда мағлуб бўлган тақдирда ҳам, эронликлар буни мағлубият деб қабул қилмайди.

Ukraina Isroildan Zelenskiyning sherigi Timur Mindichni topshirishni so‘radi

Терговга кўра, давлат компанияси билан ишлайдиган пудратчилар етказиб берувчи мақомини олиш учун шартнома суммасининг 10–15 фоизини тўлашга мажбурланган.

Oila farovonligi va gender tenglik — bir maqsad, bir yo‘l

Янги Ўзбекистонда инсон қадрини улуғлаш, оила институтини мустаҳкамлаш, хотин-қизларнинг ҳуқуқ ва манфаатларини таъминлаш, қизларнинг баркамол авлод бўлиб вояга етиши учун зарур шарт-шароитларни яратиш давлат сиёсатининг устувор йўналишларидан бирига айланди. Сир эмаски, жамият тараққиёти, оилалар фаровонлиги ва келажак авлод камолоти, аввало, аёлга бўлган эътибор, қизлар тарбиясига берилаётган юксак аҳамият билан чамбарчас боғлиқдир. Шу маънода, бугун мамлакатимизда гендер тенгликни таъминлаш, оила масалаларига тизимли ёндашиш ва қизларнинг саломатлиги ҳамда маънавий-интеллектуал ривожига қаратилаётган эътибор ўзининг амалий натижаларини бера бошлади.

Xorazmda payvandlash uskunasi ichiga yashirilgan geroin fosh qilindi

Айни пайтда мазкур жиноятга алоқадор бошқа шахсларни аниқлаш бўйича чоралар кўрилмоқда.

Andijonda qalbaki dori vositalari tayyorlovchi 3 ta yashirin laboratoriya aniqlandi

Дастлабки маълумотларга кўра, мазкур маҳсулотлар Қирғиз Республикасидан ноқонуний равишда олиб кирилган бўлиб, уларнинг бир қисми ярим тайёр, яна бир қисми эса қайта ишланган ҳолатда бўлган.

Misr kemasi Rossiyaning "Arktik Metagaz" gaz tashuvchisini tortib olayotgani xabar qilindi

Ливия Фавқулодда вазиятлар қўмитаси маълумотига кўра, кема ҳозирда қирғоқдан 62 мил узоқликда жойлашган.

Isroil hujumlarida Livanda halok bo‘lganlar soni 1 247 nafarga yetdi

Сўнгги 24 соатда Исроил қўшинлари Ливан ҳудудига амалга оширган ҳаво ҳужумлари натижасида камида тўққиз киши ҳалок бўлди.

NATO: Hamisha ittifoqchilarimizni himoya qilish uchun zarur choralarni qo‘llaymiz

НАТО бугунги кунда Ирондан Туркияга йўналтирилган ракетани ишга тушириш ҳолатига муносабат билдирди.

Ozarbayjonda fojiaviy voqea: erkak onasini o‘ldirib, o‘zini yoqib yubordi

Озарбайжонда 33 ёшли эркак шок ҳолатга олиб келган ҳаракати билан фуқаролар эътиборини тортди. У аввало онасига ҳужум қилиб, уни вафот эттирди, кейин эса ўз жонига қасд қилиб, ўзини ёқиб юборди.

AQShdan Eronga ogohlantirish: barcha dron va raketalarni to‘xtatish kerak

АҚШ давлат котиби таъкидлашича, Эрон барча турдаги дронлар ва ракеталарни ишлаб чиқаришни тўхтатиши шарт.

Evropa Ittifoqiga jiddiy ayblov: Ukraina hujumlari uchun havo hududi ochilganmi?

Европа Иттифоқи Украинага Россияга қарши ҳужумларда билвосита ёрдам бераётганликда айбланмоқда.

Erondan ogohlantirish: Hormuz bo‘g‘ozidagi har qanday provokasiya vaziyatni keskinlashtiradi

Эрон ташқи ишлар вазири Аббос Ароқчи Ҳормуз бўғозидаги ҳар қандай провокация минтақадаги вазиятни янада оғирлаштириши мумкинлигини билдирди.

Rossiyadan chaqiriq: Yaqin Sharqdagi urushni zudlik bilan to‘xtatish kerak

Россия ташқи ишлар вазири Сергей Лавров Форс кўрфази мамлакатлари ташқи ишлар вазирлари билан мулоқот ўтказиб, Яқин Шарқдаги вазиятни муҳокама қилди.

Erondan jiddiy ayblov: gumanitar samolyotga hujum ortida AQSh va Isroil bormi?

Эрон Fars ахборот агентлиги орқали АҚШ ва Исроилни гуманитар ёрдам олиб кетаётган фуқаролик самолётига ҳужум қилганликда айблади.

Qashqadaryoda qurilish hududida vafot etgan 12 yoshli qiz ishi bo‘yicha hukm chiqarildi

Қашқадарё вилояти Қарши шаҳрида 2020 йил август ойида содир бўлган фожиали ҳодиса юзасидан суд ҳукми эълон қилинди.

Namanganda 6-sinf o‘quvchisi zo‘rlandi,zo‘ravonlik qilgan shaxs qamoqqa olindi

Наманган вилоятида мактаб ўқувчисига нисбатан содир этилган жинсий зўравонлик жинояти ҳолати Болалар омбудсмани назоратига олинди.

Tramp: "Eron bizga yana bir sovg‘a berdi"

Трамп бу ҳақда журналистларга маълум қилди.

Afg‘onistondagi suv toshqinlari 17 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

Бу ҳақда мамлакат Миллий табиий офатларни бошқариш бошқармаси вакили Юсуф Ҳаммад маълум қилди.

Interpol qidiruvida bo‘lgan ikki o‘zbekistonlik Turkiyada qo‘lga olindi

Хабарга кўра, 40 ёшли T.Р. ва 38 ёшли Ф.A. Ўзбекистонда йирик миқдорда фирибгарлик жиноятини содир этгани учун халқаро қидирувда бўлган.

Toshkentda tunda poyga uyushtirgan 2 haydovchi qamaldi

Мазкур кўчадаги камера ёзувлари ва гувоҳларнинг кўрсатмаси асосида ўтказилган суриштирувлар давомида Lacetti русумли автомобилда 27 ёшли Рамиз Исломов ва Onix русумли автомобилда 21 ёшли Азимжон Абдусатторов бўлгани аниқланган.

Parijda Bank of America binosi oldida terakt sodir etilishining oldi olindi

Жиноятчининг иқрор бўлишича, уни Snapchat платформаси орқали 600 евро эвазига ёллашган.

Ukraina terma jamoasi Ispaniyada o‘g‘rilar hujumiga uchradi

Ўйинчилар ва мураббийлар штаби қимматбаҳо соатлар, бир неча минг евролик ҳашаматли буюмлар ва нақд пул йўқолганини аниқлаган.