Lavrov: "Nima uchun AQShning Xitoy qirg‘oqlari yaqinidagi mashqlari hech qanday savol tug‘dirmayapti?"

Lavrov: "Nima uchun AQShning Xitoy qirg‘oqlari yaqinidagi mashqlari hech qanday savol tug‘dirmayapti?"

Rossiya, Xitoy va Janubiy Afrikaning harbiy-dengiz mashqlari shaffof, ular haqidagi barcha ma’lumotlar taqdim etilgan.

Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Rossiyaning Xitoy va Janubiy Afrika bilan harbiy-dengiz mashqlari o‘tkazishi haqidagi savolga javob berish chog‘ida aytib o‘tdi.

"Rossiya, Xitoy va Janubiy Afrikaning harbiy mashg‘ulotlari nega "munozarali reaksiya"ga sabab bo‘lishi mumkinligini tushunmayapman. Nima uchun AQShning Xitoy qirg‘oqlari yaqinida o‘tkazayotgan mashg‘ulotlari hech qanday savol tug‘dirmayapti?", - dedi Rossiya TIV rahbari.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!