Lavrov Myanmani Rossiyaning “mehribon, do‘stona” hamkori deb atadi

Lavrov Myanmani Rossiyaning “mehribon, do‘stona” hamkori deb atadi

Myanma Rossiyaga do‘st davlat, “eski hamkor”, dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov.

Myanma tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuvda Lavrov bu mamlakatni “Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi mehribon, do‘stona, uzoq yillik hamkor – bizni o‘nlab yillik o‘zaro hamkorlik, do‘stlik va qo‘llab-quvvatlash bog‘lab turadi”, deb atadi.

O‘z navbatida, Myanma tashqi ishlar vaziri Vunna Maun Lvin Myanma Rossiyaga ko‘rsatayotgan qo‘llab-quvvatlash uchun minnatdor ekanini aytdi.

“Sizning tashrifingiz juda muhim”, - dedi Vunna Maun Lvin Lavrov bilan uchrashuvda vazir Myanmaga oxirgi marta 9 yil avval tashrif buyurganini qo‘shimcha qildi.

"Sizning tashrifingiz Rossiya va Myanma yaqin aloqalarni davom ettirayotganining tasdig‘idir. Va biz Rossiyaga ko‘rsatgan yordami uchun juda minnatdormiz", - dedi u.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!