“Lasetti qoidani buzdi. Jarima Kobaltga belgilandi” Radar adashdimi yoki?..

“Lasetti qoidani buzdi. Jarima Kobaltga belgilandi” Radar adashdimi yoki?..

Joriy yilning 23 sentyabr kuni ijtimoiy tarmoqda “Assalomu alaykum. Bugun bizga jarima qog‘ozi keldi. E’tibor bersangiz jarimada Kobalt rusumli 40 O 205 NA avtomobili qoida buzganligi aytilgan. Rasmda esa Lasetti rusumli 40 Q 205 NA avtomobili harakatlangani aks etgan. Buni qanday tushunish kerak?” izohi bilan fotosurat aks etgan xabar tarqaldi.

Maxsus avtomatlashtirilgan foto va videomoslamalar orqali aniqlangan qoidabuzarliklarni ro‘yxatga olish bazasidan olingan ma’lumotga ko‘ra:

-2020 yil 14 sentyabr kuni soat 10:28 da “Pop tumani, A-373 “Toshkent-O‘sh” avtomobil yo‘lining 252,6-259 kilometr oralig‘i aholi yashash punkti Rezaksoy qishlog‘i” yo‘nalishida, Farg‘ona viloyati, Toshloq tumani, Sadda MFY, So‘kchilik ko‘chasida ro‘yxatda turuvchi 1958 yilda tug‘ilgan fuqaro A.A.ga tegishli bo‘lgan, 40 O 205 NA davlat raqam belgili, Kobalt rusumli avtomashina haydovchisi tezlik 70 km/s chegaralangan joyda 87 km/s harakatlanganligi bo‘yicha unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 1283-moddasi 1-qismi bilan qaror qabul qilingan.

Maxsus avtomatlashtirilgan foto va videomoslamalar orqali aniqlangan qoidabuzarliklarni ro‘yxatga olish bazasidagi mazkur qaror qayta o‘rganilganda fotosuratda yuqoridagi qoidabuzarlikni 40 Q 205 NA davlat raqam belgili Lasetti rusumli avtomashina xaydovchisi sodir etganligi aniqlangan.

Aniqlangan holat bo‘yicha 2020 yil 14 sentyabr kuni fuqaro A.A.ga tegishli 40 O 205 NA davlat raqam belgili, Kobalt rusumli avtomashina haydovchisiga chora ko‘rishlik uchun O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 1283-moddasi 1-qismi bilan qabul qilingan qaror MJtKning 271-moddasi 1-bandiga asosan bekor qilinib, 40 Q 205 NA davlat raqam belgili Lasetti rusumli avtomashina xaydovchisiga nisbatan qonuniy chora ko‘rish uchun tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!