Ko‘ngil mulkiga sayohat

Ko‘ngil mulkiga sayohat

Men Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 248-maktabda ishlayman.

Mana bir necha kunki, maktabimizda har bir metod birlashma mahorat darslarini tashkil qilib bermoqda. O‘qituvchilar o‘zaro tajriba alishmoqda. Bu shunday zavqli jarayonki, butun kollektivni birlashtirib boryapti. Bugun o‘zim kashf etganim, quvonganim, sezganim bir haqiqatni sizlarga ham aytgim keldi.

Ko‘ngil mulkiga sayohat

Bir haftadan beri bo‘lib o‘tayotgan mahorat darslarida va nihoyat navbat bizga ham yetib keldi. Dars jarayonida maktabimizdagi barcha ustozlarning qalban adabiyotchi ekanliklarini his qildim. Boshqa fan ustozlari orasida Navoiydan, Atoiydan, Boburdan, Umar Hayyomdan, Rudakiydan, shuningdek, zamonaviy shoirlar ijodidan she’r aytib berayotgan ustozlarni to‘xtatib qolishning iloji bo‘lmadi. Eng ajablanarlisi, quvonarlisi maktabimiz rahbari Zohida Almatovnaning o‘zbek adabiyotining noyob durdonasi bo‘lgan ko‘plab g‘azal, ruboiylarni yoddan aytib, ustozlarga ilhom bag‘ishlagani bo‘ldi.

Ko‘ngil mulkiga sayohat

Alisher Navoiy bobomiz ijodi haqidagi noyob ma’lumotlarni adabiyot o‘qituvchilaridanda ko‘proq biladigan ustozlarimiz borligidan faxrlandim.

Har bir narsaning yaxshi tomoni bor, garchi maktab bolalar bilan obod, fayzli bo‘lsada, qisqa tanaffuslar jamoalarni birlashtirishga, o‘z ustida ishlashga, tajriba orttirishga undashi bilan ahamiyatlidir.

Ko‘ngil mulkiga sayohat

Cho‘lpon "Adabiyot yashasa, millat yashaydi", deganida naqadar haq edi. Millat ustozlari adabiyotni yuraklariga jo qilgan ekanlar, bizni yorug‘ kelajak kutayotganiga ishonamiz.

Sizlar bilan faxrlanaman, maktabimning qalbi adabiyotga oshufta ustozlari.

Feruza Salxodjayeva


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!