Kun kulgisi!.. (19-qism)

Kun kulgisi!.. (19-qism)

Tunda hayvonot bog‘idagi fillardan biri qochib ketdi. Ertalab qorovulni boshliq uyg‘otib so‘radi:
— Fil qani?
— Shu yerda.
— Ko‘rsat!
U boshliqni qafasga yaqin boshlab borib dedi:
— Ana fil.
— Qani? Ko‘rinmayapti-ku!
Shu payt qafas burchagidan sichqoncha chiqib kelib baqirdi:
— Men fil, men! Faqat iltimos, buyrakka tepmanglar!

***
Yo‘l chetida quyon o‘tirib olib sigaret chekardi. O‘tib ketayotgan sigir unga dedi:
— Yosh bola bo‘la turib sigaret chekishga uyalmaysanmi?
— E, oldin o‘zingga qara! Kap-katta xotin qip yalang‘och yurishga uyalmaysanmi?

***
Tomorqada it astoydil yer chopardi. Qo‘shnining iti chiqib qolib unga tikilib turgandi, it dedi:
— E, hammasi xo‘jayinning kavushini keltirib bergan kunimdan boshlandi...

***
Rota navbatchisi tumbochkada turgan yosh askarga tayinladi:
— Agar general kirib kelsa, meni chaqir!
— Xo‘p bo‘ladi!
Birozdan so‘ng general kirib keldi.
Askar:
— Senmi general?
— Ha, nimaydi?
— Shu paytgacha qayerda sang‘ib yuribsan? Serjant seni bir soatdan beri kutayapti-ku!


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!