Kuchli ta’sir qiluvchi moddalarning muomalasi tartibga solinadi

Kuchli ta’sir qiluvchi moddalarning muomalasi tartibga solinadi

Hukumatning 2024 yil 4 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida alohida toifadagi kuchli ta’sir qiluvchi moddalar muomalasini tartibga solish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida“gi 632-son qaroriga SHARH

So‘nggi yillarda giyohvandlik vositalari, psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi moddalarning yangi turlarini paydo bo‘layotganligi hamda ularni inson omilisiz internetning ijtimoiy tarmoqlari orqali aholi, ayniqsa yoshlar orasida oson tarqatilayotganligi mas’ul davlat organlari va tashkilotlarining bu boradagi faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish hamda qonunchilik bazasini takomillashtirish zarurligini taqozo etmoqda.

Mamlakatda alohida toifadagi kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni tibbiyot amaliyotida qo‘llash, saqlash, ularning noqonuniy muomalasini cheklash, jismoniy shaxslar tomonidan ulardan foydalanish hamda ularni yo‘q qilish tartiblarini belgilash zarurati tug‘ildi.

Shu sababli, Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida alohida toifadagi kuchli ta’sir qiluvchi moddalar muomalasini tartibga solish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida“gi 2024 yil 4 oktyabrdagi 632-son qarori qabul qilindi.

Ushbu qaror bilan alohida toifadagi kuchli ta’sir qiluvchi moddalar muomalasini tartibga soluvchi nizom tasdiqlandi.

Ushbu nizomda quyidagilar belgilandi. Xususan:

- qonunchilikda alohida toifadagi kuchli ta’sir qiluvchi moddalar tushunchasi kiritildi;

- alohida toifadagi kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni saqlash, berish, sotish, taqsimlash, hisobga olish, yo‘q qilish hamda O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish, olib chiqish va tranzit o‘tkazish tartibi belgilandi;

- respublikada alohida toifadagi kuchli ta’sir qiluvchi moddalarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash joriy etildi;

- jismoniy shaxslar tomonidan o‘z ehtiyojlari uchun foydalanishlari tartibi kiritildi;

- alohida toifadagi kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalarni saqlash va sotish faoliyati uchun lisenziyaga ega bo‘lgan dorixonalar va ijtimoiy dorixonalar orqali realizasiya qilinishi qayd etildi;

-kuchli ta’sir qiluvchi moddalar ro‘yxatiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflarni tayyorlab boruvchi ekspert guruhi tarkibi yangilandi.

Qarorning asosiy jihatlarini savol-javob ko‘rinishida sharhlashga harakat qilindi:

Ushbu qaror nima maqsadda ishlab chiqildi va qachon kuchga kiradi?

Alohida toifadagi kuchli ta’sir qiluvchi moddalar muomalasi ustidan nazoratni takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 4 oktyabrdagi 632-sonli qarori bilan amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga tegishli o‘zgartirishlar kiritildi.

Ushbu qaror qabul qilinishi «Kuchli ta’sir qiluvchi moddalar ro‘yxati»ga kiritilgan alohida toifadagi dori vositalari muomalasini, ya’ni ularni olish, jo‘natish, hisobga olish, berish, tashish, saqlash, sotish, taqsimlash, yo‘q qilish kabi faoliyat turlarini tartibga solish, shu bilan birga ularning noqonuniy muomalasini oldini olishga yordam beradi.

Qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kirishi belgilangan.

Ushbu qarorning qabul qilinishi kuchli ta’sir qiluvchi moddalar muomalasida tug‘iladigan savollarni bartaraf etilishiga va kuchli ta’sir qiluvchi moddalar ro‘yxatiga kiritilgan alohida dori vositalarni notibbiy maqsadlarda iste’mol qilinishini tartibga solish imkonini beradi.

Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 27-sentyabrdagi 818-son qarori bilan bir qator kuchli ta’sir qiluvchi moddalar ro‘yxati tasdiqlangan bo‘lib, hozirgi kunda o‘zgartirishlar kiritilishiga nima sabab bo‘lgan?

Ta’kidlash joizki, respublikada dori vositalarining noqonuniy aylanishi va ularning suiiste’mol qilinishiga yo‘l qo‘ymaslik, kuchli ta’sir qiluvchi moddalar aylanishini tartibga solishni takomillashtirish, shuningdek, aholining sog‘lig‘ini saqlashni ta’minlash, har tomonlama barkamol avlodni tarbiyalash uchun qo‘shimcha imkoniyatlar va shart-sharoitlar yaratish maqsadida, 2019 yil 6-sentyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori qabul qilingan (06.09.2019 y. kunidagi PQ-4438-son).

Shuningdek, ushbu qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Hukumatning «O‘zbekiston Respublikasida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar muomalasini tartibga solish to‘g‘risida»gi 2019 yil 27-sentyabrda 818-son qarori qabul qilinib, u bilan 79 ta kuchli ta’sir qiluvchi moddalar ro‘yxati tasdiqlangan va unda «Zaleplon», «Pregabalin», «Tropikamid», «Siklopentolat», «Gabapentin» kabi dori vositalariga «*» belgisi qo‘yilib, ular alohida toifadagi kuchli ta’sir qiluvchi moddalar etib belgilangan.

Biroq, huquq tartibot idoralari va mutasaddi tashkilotlar tomonidan kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish va ularning suiiste’molini oldini olish borasida ko‘rilayotgan choralarga qaramasdan hanuzgacha respublikada alohida toifadagi kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bilan bog‘liq tartiblar joriy etilmagan edi.

Xususan, ularni olib kirish, olib chiqish, tranzit tarzida o‘tkazish, tashish, saqlash, yo‘q qilish tartiblarini joriy qilish zarur edi.

Qaror bilan tasdiqlangan nizomning mohiyati nimadan iborat?

Kuchli ta’sir qiluvchi moddalar va alohida toifadagi kuchli ta’sir qiluvchi moddalar atamalari amaldagi me’yoriy huquqiy hujjatlarda keltirilmaganligi bois, shu kungacha ko‘p tushunmovchiliklar yuzaga kelgan.

Shu sababli, qarorda ularni ajratgan holda jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan alohida toifadagi kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni respublikaga olib kirish yoki olib chiqish, ularni tayinlash va tayinlanganligini qayd etish masalalari yoritilgan. Shu bilan birga, barcha xususiy va davlat davolash-profilaktika muassasalari tomonidan alohida toifadagi kuchli ta’sir qiluvchi moddalarning ehtiyojini aniqlash va ularning hisobotini olib borish va yo‘q qilish tartibi belgilangan.

Alohida toifadagi kuchli ta’sir qiluvchi moddalar atamasi nimani anglatadi?

Alohida toifadagi kuchli ta’sir qiluvchi moddalar — notibbiy maqsadda foydalanish yoki dozalarning oshirilishi natijasida inson salomatligi va ruhiyatiga faol ta’sir ko‘rsatuvchi, kuchli ta’sir qiluvchi moddalar ro‘yxatida «*» bilan belgilangan moddalar va/yoki ulardan tayyorlangan dori vositalari.

Kuchli ta’sir qiluvchi moddalar va alohida toifadagi kuchli ta’sir qiluvchi moddalarning muomalasi bo‘yicha vakolatli organ tayinlanganmi?

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi kuchli ta’sir qiluvchi moddalar muomalasini tartibga soluvchi vakolatli organ hisoblanadi.

Alohida toifadagi kuchli ta’sir qiluvchi moddalarning ehtiyoji kim tomonidan shakllantiriladi?

Respublikaning barcha xususiy va davlat davolash-profilaktika muassasalarining ehtiyojlarini hududiy sog‘liqni saqlash organlari tomonidan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati tizimidagi tashkilotlar va ilmiy-tadqiqot institutlari har yili tibbiyot maqsadlarida foydalaniladigan alohida toifadagi kuchli ta’sir qiluvchi moddalarga keyingi yilga bo‘lgan ehtiyojni hisoblab chiqadilar hamda o‘z buyurtmanomalarini yig‘ma ehtiyojni shakllantirish uchun hisobot yilining 1 iyuniga qadar vakolatli organga taqdim etadilar.

Alohida toifadagi kuchli ta’sir qiluvchi moddalar dorixonalarda kirim va chiqimlari oddiy dori singari amalga oshiriladimi?

Alohida toifadagi kuchli ta’sir qiluvchi moddalar miqdoriy-buyum jihatdan hisobga olinadi va hisobi raqamlangan, ip o‘tkazib tikilgan, tashkilot yoki korxona rahbarining muhri va imzosi bilan tasdiqlangan, dorixonalarda alohida toifadagi kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni hisobga olish kitobida (kitob yuritish shakli nizomga keltirilgan) yuritiladi.

Har bir alohida toifadagi kuchli ta’sir qiluvchi modda va/yoki ulardan tayyorlangan dori vositalarining dori shakli, dozasi uchun alohida sahifa ochiladi.

Alohida toifadagi kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish va olib chiqish, tranzit tarzida o‘tkazish uchun ruxsatnoma talab qilinadimi?

Albatta, psixotrop moddalar kabi lisenziyaga ega yuridik shaxslar olib kirish va olib chiqish uchun sertifikat hamda O‘zbekiston Respublikasi hududidan tranzit tarzida o‘tkazish uchun vakolatli organ tomonidan ruxsatnoma rasmiylashtiriladi.

Davolash profilaktika muassasalarida foydalaniladigan alohida toifadagi kuchli ta’sir qiluvchi moddalar nazorati qay yo‘sinda olib boriladi?

Alohida toifadagi kuchli ta’sir qiluvchi moddalar davolash- profilaktika muassasalari dorixonasidan bo‘limlarga (xonalarga) alohida talabnomalar asosida olinadi. Nizomda belgilangan ilovalar asosida hisobga olish kitobi yuritiladi, shuningdek, ularni to‘g‘ri saqlanishiga mas’ul xodim yuridik shaxs rahbari tomonidan tayinlanadi.

Alohida toifadagi kuchli ta’sir qiluvchi moddalar qanday holatlarda yo‘q qilinadi?

Alohida toifadagi kuchli ta’sir qiluvchi moddalar ularning yaroqlilik muddati tugaganda, ulardan foydalanish imkoniyatini istisno etuvchi kimyoviy yoki fizik ta’sirga uchraganda, ularning alohida toifadagi kuchli ta’sir qiluvchi moddalarga mansubligini aniqlashning imkoni bo‘lmagan hollarda yo‘q qilinadi.

Alohida toifadagi kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni har bir davolash profilaktika muassasalari o‘zida yo‘q qila oladimi?

Alohida toifadagi kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni yo‘q qilinishi giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni yo‘q qilishga lisenziyaga ega bo‘lgan tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi. Lisenziyasi bo‘lmagan davolash-profilaktika muassasalari lisenziyasi bor litsenziat bilan shartnoma va dalolatnoma asosida dorilarni o‘tkazadi va belgilangan tartibda yo‘q qilinadi.

Boshqa davlatlarda ham ushbu moddalar nazoratga olinganmi?

Mazkur qaror bilan kuchli ta’sir qiluvchi moddalar muomalasini tartibga olish sohasida ilg‘or xalqaro va xorijiy tajriba o‘rganildi, xususan, MDH davlatlaridan Rossiya Federasiyasi, Belarussiya, Ukraina kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni olib kirish, olib chiqish, buyum-miqdor hisobini olib borish, ehtiyojlarini aniqlash, ularni yo‘q qilish bo‘yicha tartiblar o‘rganildi hamda eng maqbullari inobatga olindi.

Nima sababdan sibutramin moddasi alohida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar ro‘yxatiga qo‘shildi?

Hozirgi kunda, sibutramin nomli kuchli ta’sir qiluvchi moddalarning noqonuniy muomalasi bilan bog‘liq holatlar respublikada avj olmoqda. Xususan, joriy yilning 9 oyi davomida jinoyatchilardan 240365 dona ushbu turdagi dori vositalari musodara qilinib, o‘tgan yilning mazkur davriga solishtirganda 4 barobarga ortganligi kuzatildi.

Shu sababli, Sibutramin nomli kuchli ta’sir qiluvchi moddasining noqonuniy muomalasi va suiiste’molini oldini olish maqsadida, unga «*» belgisi quyilib alohida toifadagi kuchli ta’sir qiluvchi moddalar ro‘yxatiga kiritildi.

Vazirlar Mahkamasi tomonidan yangi qaror qabul qilinishi zarurligi nimaga asoslangan?

Ushbu qaror alohida toifadagi kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bilan bog‘liq normativ-huquqiy hujjatlarni xalqaro norma va qoidalarga muvofiqlashtirish, ularni nazorat qilish choralarini kuchaytirishi hamda shu orqali ularning noqonuniy savdoga o‘tib ketishini oldini olish imkonini beradi.

Qaror kimlar uchun tatbiq etiladi?

Qaror, alohida toifadagi kuchli ta’sir qiluvchi moddalardan tibbiy va ilmiy tadqiqot maqsadida foydalanuvchi, tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’iy nazar giyohvandlik vositalari va/yoki psixotrop moddalar muomalada bo‘lishi bilan bog‘liq faoliyatni amalga oshirish uchun lisenziyaga ega yuridik shaxslar, shuningdek, o‘z ehtiyojlari uchun foydalanuvchi jismoniy shaxslarga nisbatan tatbiq etiladi.

Qaror kuchga kirgunga qadar alohida toifadagi kuchli ta’sir qiluvchi moddalar ro‘yxatiga kiritilgan dori vositalari qanday realizasiya qilinadi?

Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan va tibbiyotda qo‘llashga ruxsat etilgan alohida toifadagi kuchli ta’sir qiluvchi moddalar mazkur qaror kuchga kirgunga qadar ulgurji realizasiyasi bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarga giyohvandlik vositalari va/yoki psixotrop moddalarni saqlash va sotish faoliyati uchun lisenziya rasmiylashtirilmasdan realizasiya qilishga hamda yo‘q qilish faoliyati uchun lisenziyaga ega yuridik shaxslarga dalolatnoma asosida o‘tkazilishiga va yo‘q qilinishiga ruxsat etiladi.

Alohida toifadagi kuchli ta’sir qiluvchi moddalar qanday dorixonalarda realizasiya qilinishiga ruxsat etiladi?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Dori vositalarini noqonuniy aylanishini oldini olish choralarini kuchaytirish to‘g‘risida»gi 2019 yil 06-sentyabrdagi 4438-sonli qarorida quyidagi tartib: Xususan, 2019 yil 1 dekabrdan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan kuchli ta’sir qiluvchi moddalar ro‘yxatiga kiritilgan alohida dori vositalari buyum-miqdor jihatdan hisobga olinishi lozim va ularning chakana realizasiyasi (berilishi) faqat ijtimoiy dorixonalar, shuningdek, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni saqlash va realizasiya qilish (berish) faoliyatiga lisenziyasi mavjud bo‘lgan dorixonalar tomonidan amalga oshirilishi belgilangan.

Alohida toifadagi kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni realizasiyasi uchun kim lisenziya beradi?

Alohida toifadagi kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni olib kirish (olib chiqish), tibbiyotda foydalanish va saqlash, realizasiya qilish (berish), olish va tashish, yo‘q qilish bilan bog‘liq faoliyat O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bo‘lishi bilan bog‘liq faoliyatini Lisenziyalovchi organi tomonidan berilgan lisenziya asosida amalga oshiriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Rossiyalik polisiyachilar ommaviy ravishda ishdan ketmoqda

Россияда шундай ҳудудлар борки, у ерда участка полиция инспекторлари лавозимларининг 90 фоизигача бўш, ва битта ходим тўққизта ходим ўрнига ишлашга мажбур бўлмоқда.

Shimoldan sovuq havo massalari kirib keladi — O‘zgidromet

Ўзбeкистон бўйича 2024 йил 6-8 декабрь кунларига об-ҳаво прогнози эълон қилинди.

Qozog‘iston Rossiya, Xitoy, Turkiya va Markaziy Osiyo davlatlarini ortda qoldirdi

Қозоғистон иқтисодий фаровонлик бўйича 50 та давлат қаторига кўтарилди.

Ta’ziya! Halima Ibragimova vafot etdi

Бу ҳақда Улуғбек Холмедов инстаграмдаги саҳифасида маълум қилди.

MMA. Mahmud Muradov ishtirokidagi jang to‘liq davom etdi

Аралаш яккакураш устамиз Маҳмуд Мурадов ўзининг ММАдаги навбатдаги жангини ўтказди.

Rustam Ashurmatovning «Rubin»dagi maoshi ma’lum bo‘ldi

Россия Премьер-лигасида фаолият юритаётган ўзбекистонлик ҳимоячи Рустам Ашурматовнинг «Рубин» клубидаги маоши маълум бўлди.

O‘zbekistonda hafta boshida kutilayotgan ob-havo ma’lum qilindi

«Ўзгидромет» 9-11 декабрь кунлари кутилаётган об-ҳаво маълумотини эълон қилди.

Rossiya Bosh shtabi rahbari AQSh kemalariga xavfsiz masofaga chekinishni taklif qildi

Россия Қуролли кучлари Бош штаби бошлиғи Валерий Герасимов ўтган ҳафта АҚШ штаб бошлиқлари бирлашган қўмитаси раиси, генерал Чарлз Браунга қўнғироқ қилди.

Ukraina beshta shaharni yo‘qotish xavfi ostida

Бу ҳақда Олий Раданинг собиқ депутати, ҳарбий хизматчи Егор Фирсов маълум қилди.

Janubiy Koreya harbiylari kechirim so‘radi

Жанубий Кореядаги сиёсий инқирознинг ўткир босқичи ўтди.

Erkinjon Turdimovning yangi ish joyi ma’lum bo‘ldi

Самарқанд вилояти ҳокими лавозимидан озод этилган Эркинжон Турдимов Президент Администрациясига ишга ўтказилади.

Sovuq, qor va yomg‘ir: yangi hafta uchun ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi

Бошланган ҳафтада кутилаётган об-ҳаво маълумоти эълон қилинди. Ушбу ҳафтанинг бошида Ўзбекистон ҳудудининг катта қисмида қуруқ об-ҳаво сақланиб туради.

Yurtimizga qachon qor yog‘adi?

Бу ҳақда Ўзгидромет хабар берди.

Havo harorati -8 darajagacha tushishi kutilmoqda

Бу ҳақда Ўзгидромет хабар берди.

Bugun kechqurun va kunduzi yomg‘ir va qor yog‘ishi kutilmoqda

Бугун тунда Республикамизнинг кўплаб ҳудудларида ёмғир бошланади ва тушгача давом этади. Ёғаётган ёмғир қорга айланиш эҳтимоли бор.

Ukraina dushman uchun «Jahannam» tayyorladi

Бу ҳақда Украина президенти Владимир Зеленский Борис Патон номидаги миллий мукофотни топшириш чоғида маълум қилди.

«AQSh hamkorlari» Rossiyadan «yarim yo‘lda to‘xtamaslikni» so‘radi

Вашингтоннинг обрўси пасаймоқда, АҚШнинг Осиё, Африка ва Лотин Америкасидаги кўплаб шериклари Россиядан Украинада «ярим йўлда тўхтамасликни» сўраяпти.

«An-Nasr» futbolchilariga avtomobil sovg‘a qildi. Ronaldu va Manega BMW XM topshirildi

Саудия Арабистонининг «Ан-Наср» клуби ўз футболчиларига қимматбаҳо совға тайёрлади.

Asadning o‘g‘li Moskvadan prezident kreslosiga sakrashni rejalashtirgan

«Ҳокимиятдан чарчаган» суриялик золим Башар Ассад ўғли Ҳофиз Асаднинг тимсолида сиёсий ворис тайёрлаётган эди.

Tojikistonning Konibodomida bir oilaning 6 a’zosi o‘ldirib ketildi

Тожикистоннинг Суғд вилояти Конибодом туманида 8 декабр куни бир оиланинг олти аъзоси — эр-хотин ва уларнинг тўрт нафар фарзанди қотиллик қурбонига айланди.

Islom hamkorlik tashkiloti: Biz bu holatni keskin qoralaymiz!..

Ислом ҳамкорлик ташкилоти (ИҲТ) Исроилнинг Сурияга қарашли ҳудудларни ишғол қилгани ва инфратузилма объектларига зарбалар берганини кескин қоралади.

Isroil armiyasi Damashqdan 25 km uzoqlikda joylashdi

8 декабрь куни исроил хавфсизликни таъминлаш баҳонасида исроил-Сурия чегарасидаги буфер зонани қўлга киритиш бўйича операцияни эълон қилди. Лекин буфер зона билан чекланмай Сурия томон кириб бормоқда.

Putin KXSHTdagi ittifoqchilarini 9 may paradiga hozirdanoq taklif qildi

Россия президенти Владимир Путин ҳали қишнинг биринчи ойи тугамасидан, 9 май куни бўлиб ўтадиган парадга КХШТдаги иттифоқчиларни таклиф қилди.

Turkiyada ikkita harbiy vertolyot to‘qnashdi

Расмий маълумотларга кўра, ҳодиса Туркия ҳарбий-ҳаво кучларининг навбатдаги машғулотлари доирасидаги маневрларни машқ қилиш фонида содир бўлган.

Toshkent viloyatida osh markazi va do‘kon yonib ketdi

Хабарга асосан, 16 та ёнғин-қутқарув экипажи соат 03:54 да ҳодиса жойига етиб бориб, ёнғин соат 05:10 да ўраб олинган

«Tilla ayfon» taqdim etildi, narxi...

Қимматбаҳо ашёлардан смартфонлар ва бошқа енгил қурилмаларни ишлаб чиқаришга ихтисослашган Caviar компанияси (Россия) олтин қопқоқли шаҳона iPhone смартфонини тақдим этди.

«Abu Valid» laqabi bilan video tarqatayotgan shaxs qidiruvga berildi

Айни вақтда «Абу Валид» лақаби билан интернетга видео тасвирлар жойлаб бораётган Нуриддинов Худоёр Бахтиёр ўғлига нисбатан жиноят иши қўзғатилиб, қидирув эълон қилинган. Бу ҳақда ИИВ хабар берди.

Muxolifat yetakchisi: «Suriya Eron ambisiyalari poligoni va jahondagi yetakchi yovuzlik manbai edi»

Бир пайтлар «Эрон амбициялари учун синов майдони» бўлган Сурия ҳозир «тозаланмоқда».

Lukashenko mehribon

Беларус президенти Александр Лукашенко сиёсий айбловлар билан судланган 29 маҳбусни қамоқдан озод қилишни буюрди.

Putin: «Hech kim Rossiyani zabt eta olmaydi»

Россия президенти Владимир Путин «ҳақиқат Россия томонида», «ҳеч ким уни мағлуб эта олмайди ёки синдира олмайди» деб ишонади.

Tramp Si Szinpin bilan suhbatini e’lon qildi

Трамп Сидан Тайванга бостириб кирмасликни талаб қилганми?

Ronalduga o‘xshamoqchi bo‘lgan falastinlik bola Isroil tomonidan o‘ldirildi

Исроил аскарлари Ҳеброн яқинидаги ўрмонда ўйнаб юрган 14 ёшли Нажи ал-Баба ва унинг дўстларига қарата ўт очди.

Bosqinchilar Bayt Lahiya, Xon Yunis, Rafah, Nuseyrat va Jabaliya lagerlariga hujum qildi. Kun davomida 44 kishi halok bo‘ldi

Босқинчилар Индонезия касалхонасига ҳужум қилиб, 6 нафар беморни яралади.

Turkiya yangi Suriyani xohlaydi

Туркия Сурияда «инклюзив» ҳукумат ўрнатишга чақирмоқда.

Zelenskiyning oxirgi urinishi

Украина президенти Владимир Зеленский Америка етакчиси Жо Байденга қўнғироқ қилиш ва НАТОга таклифни муҳокама қилиш режасини маълум қилди.

Asad va uning oilasiga boshpana berish qarorini Putin qabul qilgan

Башар ал-Ассад ва унинг оиласига сиёсий бошпана бериш қарорини Россия президенти Владимир Путин қабул қилди, деди Россия президенти матбуот котиби Дмитрий ПесковБир кун аввал ТАСС Кремлдаги манбага таяниб . Суриянинг собиқ президенти ва унинг оила аъзолари Москвага етиб келгани ҳақида хабар берган эди.

Asadni ag‘dargan isyonchilarning yetakchisi – Al-Juloniy kim?

Абу Муҳаммад ал-Жулоний (аслида Аҳмад Ҳусайн ал-Шара) Суриядаги исёнчилар ҳаракати етакчиларидан бири бўлиб, у ерда «Ал-Қоида»нинг бўлимини яратган.

Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yolning xorijga chiqishi taqiqlandi

Жанубий Корея президенти Юн Сок Ёлга хорижга чиқиш тақиқланди. Бу ҳақда душанба куни бўлиб ўтган парламент эшитувида мамлакат адлия вазирлиги вакили маълум қилди, дея Reuters хабар берди.

Italiyaning Damashqdagi elchixonasiga qurolli shaxslar hujum qildi

Италиянинг Дамашқдаги элчихонасига қуролланган шахслар ҳужум қилди. Босқинчилар дипломатнинг қароргоҳидаги учта автомобилни олиб кетишган.

Qashqadaryoda er xotinini qo‘rqitib qo‘ymoqchi bo‘lib, otib qo‘ydi

Қашқадарё вилояти Қарши туманида маст эркак уйида хотини билан жанжаллашиб қолган ва уни қўрқитиб қўйиш мақсадида уйида турган ов милтиғини олиб чиқиб, ундан қочиб кетаётган хотини томонга – ерга ўқ узади.