Turkiya Prezidenti Suriya xalqiga murojaat qildi
![Turkiya Prezidenti Suriya xalqiga murojaat qildi Turkiya Prezidenti Suriya xalqiga murojaat qildi](/photos/news/VT3rE714s9DzC1u.jpeg)
Turkiya Prezidenti vazirlar mahkamasi yig‘ilishidan so‘ng Suriya xalqiga murojaat qildi:
⭕️ Men Suriya xalqiga shu yerdan murojaat qilmoqchiman. Aziz suriyalik birodarlarim, Turkiya va turk xalqi kechagidek bugun ham, ertaga ham sizlar bilan.
⭕️ Barcha imkonsizliklarga qaramay, qoningiz, hayotingiz bilan doston yozdingiz. Hech qachon zulm va zolimlarga bosh egmadingiz. Hatto eng qiyin damlarda ham umidsizlikka berilmadingiz.
⭕️ Birinchi kundanoq siz: «Alloh buyukdir», deb aytdingiz. U rahmon va rahmlidir, dedingiz. U olamlarning Robbidir, dedingiz. Siz faqat Unga ishondingiz. Faqat Undan yordam so‘radingiz.
⭕️ Sizni yurtim va xalqim nomidan hurmat bilan tabriklayman.
⭕️ Erkinlik va adolat yo‘lidagi kurashingizda sizni yolg‘iz qoldirmaganimizdek, taraqqiyot yo‘lidagi kurashingizda ham sizni bor kuchimiz bilan qo‘llab-quvvatlaymiz degan umiddaman.
⭕️ Qiyinchiliklarni birgalikda yengamiz.
⭕️ Suriyaning ozod qilingan shaharlarida uzoq yillardan so‘ng o‘z uyi, oilasi, yaqinlari bilan uchrashish baxtini his qilib, xursandchilikdan ko‘z yoshlarini to‘kib, duo qilib, tiz cho‘kib, shukronalik qilayotgan birodarlarimga salom yo‘llayman.