Prezidentga oziq-ovqat sanoatidagi rejalar bo‘yicha axborot berildi

Prezidentga oziq-ovqat sanoatidagi rejalar bo‘yicha axborot berildi

Davlatimiz rahbariga oziq-ovqat sanoatida amalga oshirilayotgan ishlar hamda 2025 yilgi rejalar bo‘yicha axborot berildi.

Aholi soni izchil o‘sayotgan bugungi kunda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash dolzarb bo‘lib bormoqda. Buning ustiga, global iqlim o‘zgarishlari, yer va suv taqchilligi qishloq xo‘jaligida qiyinchiliklarni keltirib chiqarmoqda. Shunday sharoitga qaramasdan, bu yil yurtimizda 9 million tonna don, 3 million tonnadan ortiq paxta, 16 million tonnadan ziyod sabzavot va poliz, 5 million tonna meva va uzum, 4 million tonna kartoshka, 15 million tonnadan ko‘p go‘sht va sut yetishtirildi. Oziq-ovqat sanoati bo‘yicha 343 ta loyiha ishga tushirildi.

Shu bilan birga, mahalliylashtirish bo‘yicha hali imkoniyatlar ko‘p. Ayniqsa, non, sut, go‘sht, o‘simlik yog‘i, qandolat va salqin ichimliklar ishlab chiqarishni oshirish kerak.

Prezidentga oziq-ovqat sanoatidagi rejalar bo‘yicha axborot berildi

Yig‘ilishda shu boradagi chora-tadbirlar muhokama qilindi.

So‘nggi yillarda qandolat mahsulotlari eksporti 4 karra oshib, 13 million dollarga yetgan. Xomashyo, qadoqlash va etiketkalash mahsulotlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri olib kelinib, tannarx 20 foizga kamaygani tufayli raqobatdoshlik ancha oshgan. Bu imtiyozlar muddati 2025 yil 1 yanvarda tugaydi. Ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida mazkur muddatni yana 2 yilga uzaytirish taklifi ko‘rib chiqilmoqda.

Yog‘-moy sanoatida 408 ta korxona ochilgan. Lekin yurtimizda xomashyo kamligi uchun ular har doim ham to‘la quvvatda ishlamayapti. Yog‘-moy eksportiga ruxsat berilsa, ishlab chiqarish 120 ming tonnaga oshib, 240 ming tonna ozuqa yem tayyorlanishi hisob-kitob qilingan.

Bosh vazir o‘rinbosariga bozor talablaridan kelib chiqib, bu borada taklif kiritish topshirildi.

Mamlakatimizda “halol” sertifikatiga ega milliy brend korxonalari ko‘payib, mintaqa va arab davlatlariga go‘sht mahsulotlari eksport qilayapti. Lekin bizda kolbasa mahsulotlarini saqlashning standart muddati 3 oy etib belgilangan. Xorijdagi iste’molchiga yetib borguncha 2 oy ketayapti. Go‘sht mahsulotini saqlash muddati Yevropa standarti kabi 4-12 oyga oshirilsa, ishlab chiqarish va eksport hajmini 2 karra ko‘paytirish imkoniyati ochiladi. Shuning uchun bu boradagi standartlarni xalqaro standartlarga moslashtirish vazifasi qo‘yildi.

Prezidentga oziq-ovqat sanoatidagi rejalar bo‘yicha axborot berildi

Sut mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish, Namangan, Samarqand va Toshkent viloyatlarida ularni tahlil qiladigan laboratoriyalar tashkil etish zarurligi aytildi. Shundan kelib chiqib, ushbu mahsulotlarning tabiiy yoki quruq sutdan tayyorlangani to‘g‘risida belgi qo‘yiladi.

Yurtimizda salqin va alkogolsiz ichimliklar, meva-sabzavotdan tabiiy sharbat ishlab chiqarish ham yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. So‘nggi 5 yilda ularning eksporti 9 barobar oshib, 35 million dollarga yetdi. Lekin o‘zimizda yo‘q tropik mevalar konsentratiga boj qo‘yilgani uchun boshqa davlatlar mahsulotlari bilan raqobatda yutqazayapti. Shu bois tropik mevalar konsentratlarini bojxona bojidan ozod qilish taklifi bildirildi.

Yig‘ilishda mutasaddilar «Kambag‘allikdan farovonlik sari» dasturi asosida sohadagi tadbirkorlar bilan olib borilayotgan o‘zaro manfaatli hamkorlik haqida axborot berdi. Prezidentimiz kelgusi yilda bu ishlarning sifatini yanada oshirish va ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

13—17 yanvar kunlari kutilayotgan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi

“Ўзгидромет” 13—17 январь кунларига об-ҳаво прогнозини эълон қилди.

Husanov APLda qaysi jamoaga qarshi o‘yinda debyutini o‘tkazishi mumkinligi ma’lum

Тез орада расман «Манчестер Сити» футболчисига айланадиган Абдуқодир Ҳусановнинг дебюти қайси жамоаларга қарши ўйинда амалга ошиши маълум.

Shavkat Mirziyoyev «Manchester Siti» futbol klubi xo‘jayini bilan uchrashdi

Ўзбекистон Президенти Шавкат Мирзиёев ўзбек футболчиси Абдуқодир Ҳусановни яқинда 40 млн еврога сотиб олган «Манчестер Сити» футбол клуби хўжайини, БАА вице-президенти Шайх Мансур Ол Наҳаён билан учрашди.

Xitoy va Yaponiyadan keyin Rossiya ham shu taklifni bermoqda

Россиянинг талаба қизлар учун бонус схемаси жорий этилмоқда.

"Kutilmagan tomondan kelgan zarba": Eronning bu qaroriga odamlar nima deyapti?

Россия ва Эрон ушбу келишувни АҚШ президентлигига сайланган Доналд Трамп инаугурациясидан уч кун олдин имзолаши кутилмоқда.

O‘qituvchilar avtomobillarni imtiyozli shartlarda xarid qilishlari mumkin — “O‘zavtosanoat”

“Ўзавтосаноат” АЖ тижорат банклари томонидан Вазирлар Маҳкамаси топшириғи ижроси доирасида бериладиган имтиёзли автокредитлар орқали автомобилларни сотишга тайёр.

Dushanbadan dollar qanchaga yetishi e’lon qilindi

Марказий банк 2025 йил 13 январдан валюталарнинг янги курсини белгилади.

RF uchun yana bir “bosh og‘riq” paydo bo‘ldi

Бу ҳақда CNN ёзган.

Lionel Messi "Inter Mayami" bilan yangi shartnomaga qaramay, 2025-yilda Yevropa futboliga shov-shuvli qaytishi mumkinligi haqida tushuntirish

"Интер Маями"нинг Лионел Месси билан тузган янги шартномаси аргентиналик футболчига жорий йил охирида Европада ўйнаш имкониятини бериши мумкин.

Daniya AQSh tajovuzi bo‘lsa, Rossiyaga murojaat qilishni taklif qildi

Дания социалистик халқ партияси аъзоси Карстен Хенге АҚШ Гренландияни аннексия қилиш учун агрессияга учраган тақдирда унинг давлати Россиядан ёрдам сўраши кераклигини айтди . У Facebook ижтимоий тармоғидаги саҳифасида ўз фикрини билдирди .

Qodirov O‘zbekiston rahbariyatini "uyg‘onish qo‘ng‘irog‘i"dan ogohlantirdi

Чеченистон раҳбари Рамзан Қодиров Ўзбекистон раҳбариятини Ғарб оммавий ахборот воситалари кўмагидаги “уйғониш қўнғироғи” ҳақида огоҳлантирди.

Uchinchi jahon urushi aynan qayerda boshlanishi aytildi

Кремл бир неча бор рус диаспорасини ҳимоя қилиш баҳонасида ҳарбий ҳаракатларни бошлаган. Грузия, Молдова ва Украинада шундай бўлган.

Saudiya Arabistoni xazina topdi, neft konlarida «oq oltin» aniqlandi

Бу қиролликнинг нефтга бой иқтисодиёти учун нимани англатади?

Ozarbayjon javob qaytardi

Озарбайжон Ҳаво Йўллари бу ҳаракат ҳалокат бўйича терговнинг дастлабки натижаларига жавоб бўлганини айтди.

Suriyaliklar pul to‘la qoplar bilan banklarga bostirib kirishmoqda

Дамашқдан олинган суратларда одамлар банкларга, баъзан катта ахлат қопларига ўралиб, яроқсиз қоғоз пулларни олиб кетаётганини кўриш мумкин.

Rossiya uran eksportini cheklashi — AQSh uchun tahdid

Маълумки АЭСлар сони бўйича АҚШ дунёда биринчи ўринда туради, у ерда 100дан ортиқ реактор бор.

Bayden Putinni tanqid qilishga urinib ko‘rdi va muvaffaqiyatsizlikka uchradi

Бу ҳақда ТАСС хабар бермоқда .

General Kirillovning o‘ldirilishi bo‘yicha yana ikki ayblanuvchi hibsga olindi

Улар Батухан Точиев ва Рамазан Падиев.

Putin AQShdan "alohida mehmon" kutmoqda

2025-йилги Ғалаба парадига Москвага "АҚШдан алоҳида меҳмон" ташриф буюриши кутилмоқда.

Zelenskiy Ukrainaning NATOga qo‘shilishiga qarshi bo‘lganlarning nomini aytdi

Украина президенти Владимир Зеленский мамлакатнинг НАТОга аъзолигига қарши бўлган давлатларни номлади.

Jeju Air samolyoti dvigatellaridan qushlarning patlari topildi

Ҳалокат бўйича тергов қўмитаси патларни топди ва биологик институтга уларни таҳлил қилишни сўради, улар 17 та намунани, жумладан, патлар ва қон доғларини ўрганди.

Istanbulda qo‘lbola alkogoldan vafot etgan o‘zbekistonliklar 14 nafarga yetdi

Олинган маълумотларга кўра, жорий йилнинг 17 январ ҳолатида қалбаки спиртли ичимлик истеъмоли ташхиси билан Туркия бўйлаб касалланганлар сони 88 нафарни ташкил этиб, шундан 37 нафари вафот этган.

Bolgariyada yuk poyezdlari to‘qnashuvi natijasida ikki kishi halok bo‘ldi

Локомотивларнинг тўқнашиши оқибатида ёнғин келиб чиққан. Воқеа жойида тиббиёт ходимлари, ўт ўчирувчилар, полиция ва темир йўл хизмати вакиллари ишламоқда.

Sebzorda 3 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Тошкент шаҳар ИИББ ЙҲХБ хабарига кўра, Lacetti, HOWO юк транспорт воситаси ва Lacetti автомашиналари иштирокида йўл-транспорт ҳодисаси кузатилди.

Zelenskiy bir yilda urushga qancha xarajat ketganini aytdi

Украина президенти Владимир Зеленскийга кўра, 2024 йилда ҳарбий можаро Украинага 100 миллиард доллардан кўпроққа тушди.

Xitoyliklar Germaniyada Volkswagen zavodlarini sotib olmoqchi

Хитой компаниялари ва расмийлари Германиянинг ёпилиши режалаштирилган автомобил заводларига, айниқса Volkswagen консернига қизиқиш билдирмоқда.

Ommaviy ishg‘ol: G‘arbiy Sohil va G‘azodagi arablar kelishuvni nishonlamoqda. Bu Isroil armiyasi uchun sharmandalik

Интернетда Ғазонинг Салоҳ Дин кўчаси бўйлаб гуманитар ёрдам олиб кетаётган ўнлаб юк машиналари акс этган видеолар тарқалмоқда.

Suriya Isroilga qarshi qat’iy choralar ko‘radi

Сурия ташқи ишлар вазири Асад ал-Шайбонийнинг таъкидлашича, Исроил Сурия базаларига ҳужумни тўхтатмаётгани сабабли, мамлакат сионистларга қарши жиддий чора кўришга мажбур.

Rossiya "xotirjamlik bilan" Qo‘shma Shtatlardan signal kutmoqda

Ушаков Путин ва Трамп учрашувига тайёргарлик кўрилаётгани ҳақидаги хабарларга шундай изоҳ берди.

Janubiy Afrikadagi kondan 78 nafar noqonuniy konchining jasadi topildi

“Операция давомида 78 нафар кончининг жасади қазиб олинди, омон қолган барча кончилар ҳибсга олинди”, – дейилади хабарда.

13 yoshli qizga shilqimlik qilgan konduktor 5 sutkaga qamaldi

У ҳозирда қилмишидан пушаймон экани, бу ҳолат бошқа такрорланмаслигини баён қилиб, суддан енгиллик беришни сўради.

Bollivud yulduzi Saif Ali Xonni Mumbaydagi uyida pichoqlab ketishdi

Шаҳар полициясига кўра, актёр ярим тундан кейин уйига кирган номаълум эркак билан жанжаллашиб қолган

Los-Anjelesda yong‘in tornadolari kutilmoqda

Расмийлар минтақадаги об-ҳаво шароити ёнғин торнадоларига олиб келиши мумкинлигидан огоҳлантирмоқда.

JSST Marburg isitmasidan o‘lganlar haqida xabar beradi

Танзанияда даволаб бўлмайдиган касаллик ҳисобланган Марбург вируси туфайли саккизта ўлим қайд этилган. Бу ҳақда Жаҳон соғлиқни сақлаш ташкилоти (ЖССТ) бош директори Тедрос Адҳаном Гебреесус ўзининг Х саҳифасида маълум қилди .

Kaliforniyada yangi yong‘inlar boshlandi

Бу ҳақда Американинг Ахиос портали хабар берди .

G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi 19-yanvardan kuchga kiradi

Ғазо секторидаги можаро томонлари – Исроил ва ХАМАС ҳаракати биринчи босқичда 42 кунлик оташкесимга келишиб олди. Тегишли келишув 19-январ, якшанба куни кучга киради, деди Қатар бош вазири ва ташқи ишлар вазири Муҳаммад бин Абдураҳмон Ол Тани матбуот анжуманида.

Janubiy Koreyaning hibsga olingan Prezidenti ko‘rsatma berishdan bosh tortdi – OAV

Ҳибсга олинган Жанубий Корея Президенти кўрсатма беришдан бош тортмоқда ва сукут сақламоқда, дея хабар бермоқда Yonhap агентлиги мансабдор шахсларга нисбатан коррупцияга қарши тергов департаменти (CIО)га таяниб.

Istanbulda qalbaki alkogoldan zaharlanish oqibatida halok bo‘lganlar soni 23 nafarga yetdi

Бу ҳақда Туркия метрополиси губернатори матбуот хизмати хабар берди.

Tramp qarori bilan isroil muzokaraga majbur bo‘lgan

Нетаняхуга яқин бўлган журналист Ариел Сегал АҚШ билан келишувни танқид қилди.

Zelenskiy asirga olingan Shimoliy Koreya askarining videosini ko‘rsatdi: "Ukraina haqida mutlaqo bexabar"

Украина президенти Владимир Зеленский жангда яраланиб, Россия кучлари сафида жанг қилгандан сўнг Киев томонидан асирга олинган Шимолий Корея аскарини акс эттирувчи янги видеони эълон қилди.