Kuchli shamol sabab AQSh va Meksika chegarasida «Tramp devori» qulab tushdi

Kuchli shamol sabab AQSh va Meksika chegarasida «Tramp devori» qulab tushdi

AQSh va Meksika o‘rtasidagi chegara bo‘ylab qurilayotgan «Tramp devorlari»ning bir qismi kuchli shamol sabab qulab tushdi.

Ma’lum bo‘lishicha, devorning qismlari Meksika tomoniga qulagan. «Meksika hukumati tezkorlik bilan vaziyatga aralashib, qo‘shni ko‘cha bo‘ylab harakatni to‘xtatishga muvaffaq bo‘ldi», — deydi chegarachilardan biri. Uning aytishicha, bu kabi ko‘ngilsiz hodisalarning kelajakda qaytarilmasligi uchun vaziyat qurilish pudratchisi bilan muhokama qilinadi.

Prezident Donald Tramp 2016 yilgi saylovoldi kampaniyasi vaqtida AQSh va Meksika chegarasini devor bilan himoyalashga va’da bergandi. 2019 yilning yozida Oliy sud devor qurilishi uchun Pentagon fondidan 2,5 milliard dollar ajratishga rozilik bergandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!