Kreml: Putin va Erdo‘g‘an Ostonadagi SHHT sammiti doirasida uchrashishi mumkin

Kreml: Putin va Erdo‘g‘an Ostonadagi SHHT sammiti doirasida uchrashishi mumkin

Rossiya va Turkiya prezidentlari Vladimir Putin va Rajab Toyyib Erdo‘g‘an iyul oyida Ostona shahrida bo‘lib o‘tadigan Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) sammiti doirasida uchrashishi mumkin.

Bu haqda jurnalistlarga Rossiya davlat rahbari yordamchisi Yuriy Ushakov ma’lum qildi.

«Agar Turkiya prezidenti SHHT sammitida ishtirok etsa, biz, albatta, Rossiya va Turkiya rahbarlarining keng qamrovli uchrashuvini o‘tkazishga harakat qilamiz. Uchrashuv vaqti uzoqlashmoqda, buni Moskva ham, Anqara ham tushunib turibdi», dedi Ushakov.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!