Koronavirusning ikkinchi to‘lqini bo‘lmasligi mumkin. Agar...

Koronavirusning ikkinchi to‘lqini bo‘lmasligi mumkin. Agar...

Koronavirus pandemiyasining ikkinchi to‘lqini yuzaga kelmasligi mumkin, deb xabar bermoqda “TASS”.

Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining (JSST) favqulodda vaziyatlar dasturi direktori Maykl Rayan ma’lum qildi.

“Ikkinchi to‘lqin kelishiga ishonch yo‘q. Ushbu kasallikning boshidanoq mavsum o‘zgarganda nima bo‘lishi haqida ko‘plab mish-mishlar tarqaldi. Yangi virus bilan nima bo‘lishini oldindan aytish doim ham oson emas”, deya ta’kidlagan Rayan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, "yangi to‘lqinning potensiali uning nafas olish virusi ekanligini tushunishga asoslangan" va bunday viruslar "tabiatda mavsumiylikka moyil" bo‘ladi.

Mutaxassisning fikricha, hozirgi kunda ko‘pgina mamlakatlarda ushbu kasallikka chalinish darajasining oshganiga ikkinchi to‘lqin sifatida emas, balki pandemiyaning "ikkinchi cho‘qqisi" sifatida qarash kerak, chunki "virus uning qayta yuqishini oldini olish uchun yetarli darajada yengilmagan".

Shu munosabat bilan Rayan barcha kuchlarni ehtimoliy ikkinchi to‘lqindan saqlanish uchun bir joyga to‘plab, qarshi kurashga chaqirdi.

"Agar ikkinchi to‘lqin bilan kurashishimiz kerak bo‘lsa, kurashamiz", dedi u "birinchi to‘lqindan saboq olingan bo‘lsa" keyingi kurash yanada samarali bo‘lishini ta’kidlar ekan.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!