Koronavirusga chalingan amerikalik sprinter nogironlar aravachasida stadiondan olib ketildi

Koronavirusga chalingan amerikalik sprinter nogironlar aravachasida stadiondan olib ketildi

2024 yilgi Olimpiada o‘yinlarida 200 metrga yugurishda uchinchi o‘rinni egallagan amerikalik sprinter Noa Laylz koronavirusga chalinib, nogironlar aravachasida stadionni tark etdi. Bu haqda BBC xabar bermoqda .

Finishdan so‘ng u uzoq vaqt o‘rnidan turolmay, styuardlardan suv so‘radi, so‘ng uni stadiondan olib ketishdi.

Shuningdek, BBC Amerika Qo‘shma Shtatlari Yengil atletika federasiyasi (USATF) bayonotiga tayanib , ikki kun oldin sportchining COVID-19 testi ijobiy chiqqani, biroq finaldan voz kechmaslikka qaror qilgani haqida xabar beradi.

200 metrga yugurishda Botsvana vakili Letsile Tebogo 19,46 soniya natija bilan g‘alaba qozondi. Ikkinchi o‘rinni AQSh sportchisi Kennet Bednarek egalladi, uning vaqti 19,62 soniya. Layls 19,70 soniyada uchinchi bo‘ldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!