Koronavirusdan qaysi davlat foyda ko‘rishi ma’lum bo‘ldi

Koronavirusdan qaysi davlat foyda ko‘rishi ma’lum bo‘ldi

Xitoy va AQShdan farqli o‘laroq, nemis iqtisodiyoti koronavirus pandemiyasidan keyin rivojlanadi. Yevropa davlati o‘zining kuchli tomonlarini namoyish etdi va global pandemiyadan foyda ko‘rishi mumkin, deb yozadi The New York Times.

Ekspertlarning ta’kidlashicha, yaxshi ishbilarmonlik qobiliyati jahon savdosining pasayishi sharoitida Germaniya eksportini himoya qiladi.

Germaniya ko‘p ish joylari va ish haqini saqlab qoldi. Bu davlatda yarim kunlik ish bilan ta’minlash tizimi tufayli ro‘y berdi: biznes yarim kunlik ishchilar bilan ish joylarini saqlab qolish uchun to‘lovlarni oladi.

Germaniya koronavirus inqiroziga byudjet profisiti bilan kirdi. Mamlakat ma’murlari oilalarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘lovlar berishdi, shuningdek soliqlarni pasaytirishdi va korxonalarga ssudalar berishdi. Yordamning umumiy hajmi mamlakat yalpi ichki mahsulotining 55 foizini tashkil etdi. Berlin, shuningdek, qo‘shni Yevropa mamlakatlariga moliyaviy yordam ko‘rsatishga rozi bo‘ldi.

Nashrning ta’kidlashicha, Yevropaning boshqa mamlakatlaridan farqli o‘laroq, Germaniya barcha inqirozni yengishga qodir. Pandemiya oqibatlari tufayli Germaniya yalpi ichki mahsuloti joriy 2020 yilda 6,3 foizga kamayadi.

Birinchi chorakda iqtisodiyot 2019 yilning so‘nggi uch oyiga nisbatan 2,2 foizga tushdi.

Nemis tovarlariga talabning tiklanish sur’ati hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi, deydi manbalar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!