Koronavirus va boylik: 2020 yilning eng boy ayollari

Koronavirus va boylik: 2020 yilning eng boy ayollari

Forbes 2020 yilning eng badavlat shaxslarini e’lon qildi. Ro‘yxatga 241 nafar ayol kirgan.

Eng yosh badavlat insonlar ro‘yxatida ayollar yetakchilik qilmoqda. 22 yoshli model Kayli Jenner eng yosh milliarderga aylangan. Uning boyligi 1,1 mlrd dollarga teng.

Ayol-milliarderlar orasida birinchi o‘rinda Elis Uolton — Walmart asoschisi Sem Uoltonning yagona qizi. Uning boyligi o‘tgan yilgiga nisbatan 10 mlrd dollarga oshib, 54,4 mlrd dollarga yetgan.

Koronavirus pandemiyasi sababli ro‘yxatdagi ayollarning yarmidan ko‘pining daromadalari kamaygan. Germaniyaning eng boy ayoli Syuzanna Klatten BMW aksiyalarining narxi tushib ketganligi bois bir yil ichida 4 mlrd dollar yo‘qotdi.

Lekin pandemiya sababli ba’zi bozorlarda daromadlar oshdi, bunga farmasevtika sohasi yaqqol misol bo‘ladi. Xitoyning Hansoh Pharmaceutical farmasevtika kompaniyasi raisi Chjun Xueyszyuanning kapitali 14,6 mlrd dollarga yetdi. Iyun oyidan boshlab ushbu kompaniyalarining aksiyalari 25%ga oshgan.

Eng boy 10 nafar ayolning ro‘yxati quyidagicha:

Ismi Yoshi Daromad manbasi Fuqaroligi Boyligi (mlrd dollarda)
Ellis Uolton 71 Walmart AQSh 54,4
Fransuaza Bettankur-Meyer 66 L’Oreal Fransiya 48,9
Juliya Kox 57 Koch Industries AQSh 38,2
Makkenzi Bezos 50 Amazon.com AQSh 36
Jaklin Mars 80 Mars Inc. AQSh 24,7
Yan Xueyyan 38 Country Garden Holdings Xitoy 20,3
Syuzanna Klatten 57 BMW, farmasevtika Germaniya 16,8
Loren Pauell Djobs 56 Apple, Disney AQSh 16,4
Chjun Xueyszyuan 59 Hansoh Pharmaceutical Xitoy 14,6
Jina Raynxart                                 66      Hancock Prospecting                                      Avstraliya                                       13,1

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!