Koronavirus: Tojikistonda dorilarning narxi oshib ketdi

Koronavirus: Tojikistonda dorilarning narxi oshib ketdi

Tojikistonda dori-darmonlar narxi ko‘tarila boshladi va 30 aprel kuni mamlakatda koronavirus paydo bo‘lgani to‘g‘risida rasmiy e’lon qilinganidan keyin ba’zi dorilarni dorixonalardan topishning iloji bo‘lmay qoldi.

Tojikistonliklar dorixonalardan gripp va shamollashni davolashda ko‘pincha ishlatiladigan turli xil antibiotiklar va antiviral preparatlarni ommaviy ravishda sotib olishni boshladilar. Bu o‘z navbatida, narxlarning oshishiga, ba’zi hollarda dorilar narxining 3-4 baravarga, dori-darmonlarning yetishmasligiga olib keldi.

Mamlakatning monopoliyaga qarshi xizmati fuqarolarning shikoyatlariga javoban, hozirda mutaxassislar tomonidan dori-darmonlar narxlarini oshirishning asosliligini o‘rganmoqda.

Bo‘limning matbuot markazida ta’kidlanishicha, "mutaxassislar mamlakatning barcha shahar va tumanlarida vaziyatni o‘rganish va dori-darmon narxlarining sun’iy ravishda ko‘tarilishining oldini olish uchun ishlamoqda". Shu bilan birga narxlarni asossiz oshirgan shaxslar javobgarlikka tortiladi.

Shuningdek, mamlakat Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy himoya vazirligi dori-darmonlar o‘z vaqtida mamlakatga yetkazib berilishini ta’kidladi, ammo, sotib olish narxi oshishi sababli ular qimmatroq sotilishi mumkin, degan taxminlarni bildirgan.

Shifokorlar fuqarolardan dori-darmonlarni shifokorlar bilan maslahatlashmasdan sotib olmasliklarini qat’iy tavsiya qiladi. Ularning ta’kidlashicha, shifokor tayinlanmasdan, virusga qarshi dorilar va antibiotiklar odamga foyda o‘rniga tuzatib bo‘lmaydigan zarar yetkazishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!