Koronavirus pandemiyasi shu yil tugashi kutilmoqda — JSST

Koronavirus pandemiyasi shu yil tugashi kutilmoqda — JSST

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) bosh direktori Tedros Gebreyesus so‘zlariga ko‘ra, 2023 yilda COVID-19 pandemiyasi yakunlanishi kutilmoqda. Bu haqda TASS xabar berdi.

«Ishonchim komil, 2023 yilning qaysidir nuqtasida biz COVID-19 jamoat salomatligi sohasida favqulodda holat yoki pandemiya sifatida bekor qilinadi», dedi u.

Uning fikriga ko‘ra, hozir dunyoda epidemiologik vaziyat nisbatan barqaror. So‘nggi haftalarda kasallanish va o‘lim ko‘rsatkichlari pandemiya boshlangan ilk kunlarga nisbatan sezilarli darajada kam.

Shunga qaramay, hali xotirjamlikka berilishga biroz erta. Mutaxassislar xulosasiga ko‘ra, kelgusida koronavirusning yangi mutasiyalari paydo bo‘lib, pandemiyaning yangi to‘lqinini avj olmasligiga kafolat yo‘q.

JSST koronavirus pandemiyasi haqida 2020 yil 11 mart kuni e’lon qilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!