Koronavirus: Lotin Amerikasi pandemiya markaziga aylanmoqda 

Koronavirus: Lotin Amerikasi pandemiya markaziga aylanmoqda 

Lotin Amerikasidagi vaziyat shifokorlarni qattiq tashvishga solmoqda. Chunki bu yerda koronavirus bilan kasallanish keskin o‘sgan. Panamerika sog‘liqni saqlash tashkilotining ta’kidlashicha, hududning «global pandemiya o‘chog‘iga aylanganiga zarracha shubha yo‘q».

Braziliyada ushbu kasallikka chalinganlar soni 390 mingdan oshib, ushbu kasallik bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘ringa chiqib olgan. Boshqa mamlakatlarda, jumladan, Meksika, Chili va Peruda, tasdiqlangan tashxislar soni o‘sib bormoqda.

Birinchi holat 26 fevral kuni Braziliyada qayd etilgandi, shundan so‘ng koronavirus butun mintaqaga tarqaldi. Lotin Amerikasida 750 mingdan ortiq odam kasallik yuqtirdi va 40 ming kishi vafot etdi.

Garchi o‘lim darajasi Yevropa va Qo‘shma Shtatlarga qaraganda ancha past bo‘lsa-da, mutaxassislarning ta’kidlashicha, bu yerda o‘tkazilgan testlar soni ancha oz. Shuning uchun virus yuqtirganlar yoki o‘lim hollari haqida axborot to‘liq bo‘lmasligi mumkin.

Eng yuqori o‘lim darajasi aholi ko‘p bo‘lgan mamlakatlarda, jumladan, Meksika (8000 dan ortiq) va Braziliyada (24000) kuzatilmoqda. Braziliya, Meksika va Peruda halok bo‘lganlar soni har 2-3 haftada ikki baravar ko‘paymoqda.

Jon Xopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda 5,6 milliondan ortiq odam koronavirus bilan kasallangan va 350 ming bemor vafot etgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!