Koronavirus: eng xavfsiz davlatlar ma’lum bo‘ldi (infografika)

Koronavirus: eng xavfsiz davlatlar ma’lum bo‘ldi (infografika)

«Forbes» nashri «Deep Knowledge Group» ma’lumotlari asosida mamlakatlarning koronavirusdan xavfsizlik reytingini tuzdi.

COVID-19 borasida eng xavfsiz mamlakat Shveysariya, eng xavflisi Janubiy Sudan deb topildi.

Ekspertlar reyting ochkolarini berishda mamlakatlardagi karantin va kasallarni aniqlash bo‘yicha ko‘rilayotgan choralarning samaradorligi, iqtisodiyotning bardoshliligini hisobga olishdi.

Eng xavfsiz mamlakatlar reytingida Germaniya Shveysariyadan so‘ng ikkinchi o‘ringa joylashtirildi. «Bronza» esa Isroilga berildi. Singapur, Yaponiya, Avstriya, Xitoy, Avstraliya, Yangi Zelandiya va Janubiy Koreya ham yetakchilar qatorida.

Infografika: «Forbes»

Xavfsizlik darajasiga ko‘ra, reytingning eng o‘rtasida: 57-o‘rinda — Ruminiya, 58-o‘rinda AQSh (jahondagi eng katta koronavirus o‘chog‘i) joylashtirildi. Koronavirusning uchinchi o‘chog‘i — Rossiya 61-o‘rinda.

O‘zbekiston nomi keltirilmagan ushbu reytingda Belarus — 63, Ukraina — 66, Qozog‘iston — 71, Ozarbayjon — 75 o‘rinda.

Eng qizig‘i, koronavirusning ikki yirik o‘chog‘i — Yevropa va Shimoliy Amerika eng xavfsiz hududlar deb topildi (birinchi infografika):

  1. Evropa — 562 ball
  2. Shimoliy Amerika — 549
  3. Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika — 502
  4. Osiyo-Tinch okeani — 502
  5. Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo — 480
  6. Janubiy Amerika — 445
  7. Markaziy Amerika — 405
  8. Afrikaning Sahroi Kabirdan janubiy qismi — 359.

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!