Koreyada yuk mashina haydovchilarining ish tashlashi bir qator mamlakatlar avtomobil sanoatiga putur yetkazishi mumkin

Koreyada yuk mashina haydovchilarining ish tashlashi bir qator mamlakatlar avtomobil sanoatiga putur yetkazishi mumkin

Janubiy Koreyada yoqilg‘i narxining ko‘tarilishidan norozi bo‘lgan yuk mashina haydovchilari ish tashlash uyushtirishdi.

Noroziliklar mikrochiplar va neft-kimyo mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan hom ashyolarni yetkazib berish qisqarishi mumkinligi bilan xavf solmoqda, deya xabar bermoqda Reuters.

Bu juda qisqa vaqt ichida bir qator sohalarga o‘z ta’sirini o‘tkazdi.

Ta’minotning uzilishi

Xususan, Hyundai Motor’ning yirik zavod kompleksida ishlab chiqarish 2 baravarga qisqardi va bu bir necha yirik kompaniyalar, jumladan, yuz yillik POSCO kompaniyasiga ta’minot uzilib qolishiga sabab bo‘ldi.

«Yuk mashina haydovchilarining ish tashlashlar tufayli bizdagi ishlab chiqarishda uzilishlar bor, umid qilamizki, ishlab chiqarish jarayoni imkon qadar tezroq normal holatga qaytadi», – deydi Hyundai vakili.

Hyundai Ulsandagi zavodlarida odatda kuniga 6000 dona avtomobil, jumladan, Genesis va Ioniq 5 EV ishlab chiqaradi.

Konteyner tashishdagi uzilish va to‘xtashlar

Ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, mamlakatdagi konteyner tashishning 80 foizini tashkil etuvchi Pusan portida yuk tashish normal darajadan uchdan birga tushgan. Oqibatda portlarda konteyner tashish ham keskin sekinlashgan. Incheon portida bu holat me’yoriy darajadan 20 foizga tushdi, ish tashlashlarning katta qismi sodir bo‘lgan sanoat markazi Ulsan portida konteyner tashish butunlay to‘xtatilgan.

Norozilik namoyishlari soni yuqori darajada.

Associated Press ma’lumotlariga ko‘ra, norozilik namoyishlarida 7,5 ming nafar haydovchi ishtirok etmoqda. Ularning kasaba uyushmalari tasdiqlashicha, norozilar soni hukumat baholayotganidan ko‘ra ancha yuqori va kasaba uyushma tarkibiga kirmaydigan ko‘plab yuk mashina haydovchilari ishga chiqishdan bosh tortishmoqda.

Xorij nashrlari

Xorijiy manbalarning qayd etishicha, avtomobil sanoati ish tashlashlar global chip tanqisligidan aziyat chekayotgan sektorga qo‘shimcha bosim o‘tkazishini bildirib, namoyishlarni “o‘ta xudbinlik” deb atagan.

Xulosa

Bugungi kunda Janubiy Koreya yarimo‘tkazgichlar, smartfonlar, avtomobillar, akkumulyatorlar va elektron qurilmalarning yirik yetkazib beruvchisi hisoblanadi. Bu mamlakatda sodir bo‘layotgan voqealar u yoki bu tarzda avtomobilsozlik sohasida hamkorlik o‘rnatilgan qator mamlakatlardagi boshqa kompaniyalarga ham salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!