Kolumbiya universitetida Falastinni qo‘llab-quvvatlagan 100 dan ortiq talaba hibsga olindi

Kolumbiya universitetida Falastinni qo‘llab-quvvatlagan 100 dan ortiq talaba hibsga olindi

Nyu-York polisiya departamenti (NYPD) zobitlar namoyishni to‘xtatishdan bosh tortganlarni hibsga olishlarini e’lon qilganidan so‘ng talabalar norozilik bildirdi. Bu haqda CNN xabar bermoqda.

Xabarga ko‘ra, G‘azodagi genosid va Falastin ishg‘olidan foyda ko‘rayotgan shirkatlarga moliyaviy sarmoya kiritilishiga qarshi to‘plangan 100 dan ortiq talaba polisiyaning tarqalish haqidagi talabidan bosh tortgani uchun hibsga olindi (video). Polisiya, shuningdek, namoyishchilarning chodirlarini buzib tashladi.

Kolumbiya universiteti prezidenti Minouche Shafik norozilik universitet faoliyatiga «xavf» ekanligini aytdi: "Biz NYPD`dan bu odamlarni olib tashlashda yordam berishni so‘raymiz".

Ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘lgan kadrlarda rektor talabi bilan universitet shaharchasiga kelgan mirshablar tinch o‘tirish ko‘rinishida o‘tkazilayodgan namoyishning oldini olgani va bunga qarshi chiqqanlarni qamoqqa olish bilan tahdid qilganini ko‘rish mumkin.

Avvalroq, Kolumbiya universiteti 24 mart kuni “Qarshilik 101” namoyishida ishtirok etgan to‘rt nafar talabani intizomiy jazoga tortish haqida qaror qabul qilgan, ushbu namoyishlar qatnashchilarini “terrorizm tarafdorlari” deb atagan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!