Kobulda namoz paytida yana masjid portlatildi

Kobulda namoz paytida yana masjid portlatildi

Afg‘oniston poytaxti Kobuldagi masjid 13 may, juma kuni namoz paytida portlatildi.

Dastlab portlash oqibatida uch kishi jabrlangani haqida ma’lumot berilgan. Biroq vaqt o‘tib 10 kishi halok bo‘lgani va 17 kishi jabrlangani aytilgan. Mintaqada faoliyat yuritayotgan ekstremistik guruhlarning hech biri hozircha portlash uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan.

Ma’lumot o‘rnida, Afg‘onistonda aprel oyida juma namozi paytida masjidda portlashlar ko‘paygan. Ohirgi portlash 22 aprel kuni kuzatilgan bo‘lib, unda 30 nafardan ortiq odam halok bo‘lgan. «Tolibon» harakati hodisaga izoh bermagan. 19 aprel, seshanba kuni Kobul g‘arbidagi «Mumtoz» va «Abdul-Rahim Shahid» maktablari hududida 3 ta kuchli portlash qayd etilgan. Oqibatda 100 dan ortiq odam halok bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!